“MEN O‘QIGAN ASAR” MAVZUSIDA NAVBATDAGI DAVRA SUHBATI BO‘LIB O‘TDI
2021 yil 16 yanvar kuni institut 1-sonli talabalar turar joyi faollar zalida 4-tashabbus doirasida “Men o‘qigan asar” mavzusida navbatdagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Davra suhbatida yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Ch.Xushmurodova, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi, “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi mudiri A.Qurbonov, institut Axborot resurs markazi direktori D.Yarmatova, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi SamDAQI boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi L.Usmonov, “Hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi o‘qituvchisi Z.Yasakov va 101-HFX va 107-BIQ guruhi talabalari ishtirok etishdi.
Davra suhbatini ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi, “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi mudiri A.Qurbonov kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Institut axborot resurs markazi direktori D.Yarmatova, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi SamDAQI boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi L.Usmonovlar ham Chingiz Aytmatovning “Jamila” qissasi bo‘yicha o‘zlarining fikrlarni berib o‘tishdi.
Davra suhbati yakunida yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Ch.Xushmurodova asar bo‘yicha bo‘lib o‘tgan savol-javob va bahs-munozaralardan so‘ng, xulosa o‘rnida asar qahramonlari taqdiri haqida atroflicha gapirib o‘tdi.
SamDAQI Axborot xizmati