“MEHR OPERATSIYASI” NAMOYISH ETILDI

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan 2019 yil 15 yanvarda tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizmida 2019 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”ning 2-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 2019 yilning sentabr-oktabr oylari davomida O‘zbekiston Repsublikasi Davlat xavfsizlik xizmati va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlari o‘rtasida profilaktik tadbirlarni kuchaytirish maqsadida joriy yilning 4 oktabrida Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining katta faollar zalida institut professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar o‘rtasida “O‘zbekiston — millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik yurti” mavzusida davra suhbati va ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbir Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan tayyorlangan “Mehr operatsiyasi” deb nomlangan videorolik namoyishi bilan boshlandi.

Uchrashuvda institut yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor O.Xaitov, “Domla Kamoliddin” masjidi imom xatibi I.Abdusalomov, Davlat xavfsizlik xizmati xodimi Z.Raimov, Davlat xavfsizlik xizmati xodimi J.Shukurov hamda Samarqand davlat universiteti professori F.Nabiyevlar o‘z ma’ruzalari bilan yoshlarga juda muhim bo‘lgan barcha ma’lumotlarni yetkazdilar.