Professor-o‘qituvchilar va xodimlarga munosib mehnat sharoiti, imtiyoz va qulayliklar yaratish-doim e’tibor markazida
2019 yil 28 mart kuni institutning kichik faollar zalida Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston kasaba uyushmasi Fedesatsiyasi Respublika kengashi yuridik bo‘limi boshlig‘i X.Premqulov, Samarqand viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi raisi o‘rinbosari A.Qodirov, Samarqand viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi mehnatni ijtimoiy-iqtisodiy himoya qilish bo‘limi mudiri Z.Mamatqulova, Samarqand viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi qo‘mitasi yuridik bo‘lim boshlig‘i U.G‘aniyev, Transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari Samarqand viloyat birlashgan kasaba uyushma raisi S.N.Izzatullayev ishtirok etdilar.
Institutda faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalarni ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan institut ma’muriyati va kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘rtasida 2016-2018 yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasini 2018 yilda bajarilishi, jamoa shartnomasini bajarilishini tekshirib boruvchi komissiya dalolatnomasini tasdiqlash, 2019-2021 yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasini qabul qilish to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi.
Kun tartibida kiritilgan masalalar bo‘yicha ish beruvchi va kasaba uyushma qo‘mitasi vakillarining hisoboti, jamoa shartomasining bajarilishi bo‘yicha tekshiruv komissiyasining dalolatomasi o‘qib eshittirildi hamda qabul qilinishi rejalashtirilgan jamoa shartnomasining loyihasi taqdim etildi.
Yig‘ilishda professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalar tomonidan berilgan fikr va mulohazalar asosida 2019-2021 yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasi qabul qilindi.