MEHNAT JAMOASININIG UMUMIY YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
#majlis
2021 yilning 24 mart kuni institutning kichik majlislar zalida SamDAQI mehnat jamoasining umumiy yigʻilishi oʻtkazildi.
Yigʻilishga institut professor-oʻqituvchilari, xodimlar hamda talabalari ishtirok etdilar, demak kun tartibiga ko‘ra yig‘ilishda quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi.
SamDAQIda faoliyat olib borayotgan professor-oʻqituvchilar, xodimlar va talabalarni ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy manfaatlarini himoyalashga qaratilgan institut maʼmuriyati va kasaba uyushma qoʻmitasi oʻrtasida 2019-2021 yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasini 2020 yilda bajarilishi toʻgʻrisida, shuningdek SamDAQI maʼmuriyati va kasaba uyushma qoʻmitasi oʻrtasida 2019-2021 yillarga tuzilgan jamoa shartnomasini bajarilishini tekshirib boruvchi komissiya dalolatnomasini tasdiqlash toʻgʻrisida ma'ruzalar tinglandi va unga ko‘ra fikr mulohazalar hamda takliflar eshitildi.
Yig‘ilish so‘ngida SamDAQI maʼmuriyati va kasaba uyushma qoʻmitasi oʻrtasida 2019-2021 yillarga moʻljallangan jamoa shartnomasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida muhokamalar olib borildi.
SamDAQI Axborot xizmati