MAXSUS TEST SINOVLARI BO‘LIB O‘TDI

#qabul2021  #magistratura 

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish insitutida magistratura mutaxassisliklariga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun maxsus test sinovlari bo‘lib o‘tdi.

Ilgari xabar berganimizdek, test sinovlari 2021 yilning 13-14-15 avgust kunlari belgilangan grafik asosida tashkil etildi.

Dastlabki kunda institut rektori v.v.b. Erkin Isakov maxsus komissiya a’zolari bilan birgalikda test sinovlarida ishtirok etayotgan abituriyentlarga omad va zafarlar tiladi.

Abituriyentlar to‘liq nazorat va karantin talablariga amal qilingan holda, grafik asosida mutaxassislik fanlari bo‘yicha test jarayonlariga kiritildi.