SAMARQANDLIK MUTAXASSIS QOZOG‘ISTONDA MASTER-KLASS O‘TMOQDA!

Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining “Tasviriy-san’at” kafedrasi dotsenti Jo‘rayev Hamza Hamroqulovich Qozog‘iston Respublikasidagi Taraz davlat pedagogika universitetining rektori taklifiga asosan, mazkur institutning professor o‘qituvchilari, magistrlari va talabalariga master klass, seminar va ma’ruza mashg‘ulotlarini o‘tkazish maqsadida jo‘nab ketdi.

Ayni damda Hamza Hamraqulovich Taraz davlat universiteti faoliyati bilan tanishishni boshlab yubordi.Safardan ko‘zlangan maqsad Taraz shahridagi muzey va me’moriy yodgorliklari bilan tanishish,Taraz davlat pedagogika universiteti va “Tasviriy san’at” kafedrasi professor-o‘qituvchilari faoliyatini o‘rganish hamda ilmiy va o‘quv metodik ishlarni hamkorlikda bajarish bo‘yicha kelishuvlarga erishish bo‘lib, safar muddati 1 apreldan 15 aprelgacha davom etadi.