INSTITUTDA ROSSIYALIK MUTAXASSISLAR TOMONIDAN MASTER-KLASS DARSLARI TASHKIL ETILDI

Rossiya Federatsiyasining Moskva davlat qurilish universiteti va Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti o‘rtasida tuzilgan hamkorlik shartnomasiga hamda mazkur universitetning topshiriq rejasiga asosan, “Arxitektura” kafedrasi professori Zaxarov Arkadiy Vasilyevich va kafedra dotsenti Zabaluyeva Tatyana Rustikovnalar institutning professor o‘qituvchilari, magistrlari va talabalariga master-klass, seminar va ma’ruza mashg‘ulotlarini o‘tkazish maqsadida institutga tashrif buyurdilar.

Xorijlik professor-o‘qituvchilar tomonidan bakalavr, magistr ta’lim yo‘nalishlarining o‘quv rejasidagi  “Arxitekturaviy fizika”, “Fuqaro va sanoat binolari arxitekturasi”, “Bino va inshootlarni texnik ekspluatatsiyasi”, “Arxitektura tarixi” va “Arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash va tiklash” fanlaridan ma’ruza mashg‘ulotlarini “Arxitektura” va “Qurilish” fakultetlari talabalariga o‘tkazdilar.