“Maqsadimiz –mutaxassislik mahoratini oshirish” kitobxonlik davrasi o'tkazildi
2017 yil 15 may kuni institut kichik faollar zalida «Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish” kafedrasi tomonidan “Maqsadimiz - mutaxassislik mahoratini oshirish” mavzusidagi yoshlar o’rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga bag’ishlangan kitobxonlik davrasi tadbiri o’tkazildi. Tadbirni institut ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor O.Yu. Rustamov ochib berdi. Qurilish fakulteti dekani A.Bayzakov hamda «Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish” kafedrasi mudiri X.V.Yusupovlar talabalarga o’z tilaklarini bildirishdi.
Kitobxonlik davrasida Institut axborot-resurs markazi direktori F.Achilov - “SamDAQI axborot-resurs markazidagi manbalar to’g’risida”, 402-“Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish” guruhi talabasi - Yu.Norqulov “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 2017 yil 20 aprel, PQ-2909-sonli “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori to’g’risida” (rahbari t.f.n., dos.X.V.Yusupov); 207-“Bino va inshootlar qurilishi” talabalari – A.Islomov, Ye.Tyuneva “Istoriya vozniknoveniya knig” (rahbari ass.N.Dj.Xodiyeva); 201-“Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish” guruhi talabasi – Xolmurodov Baxtiyor “O’zbekistonda qurilish materiallari ishlab chiqarishning holati va istiqbollari” (rahbari A.E.Ochilov); 304-“Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish” guruhi talabasi M.Musurmonova “Otkrыtaya, dobrojelatelnaya i pragmatichnaya politika” (rahbari ass.F.Kurakov); 202-“Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish” guruhi talabasi S.Abdusattorov “Qurilish qorishmalari” (rahbari Z.Fayzullayev); 207-“Bino va inshootlar qurilishi” guruhi talabasi – V.Ilina “Nauchnыye biblioteki mira” (rahbari ass.N.Dj.Xodiyeva) hamda 304-“Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish” guruhi talabasi – D.Yakubov “Texnologiya polucheniya poristogo zapolnitelya” (rahbari t.f.n., kat.o’qit.B.Saidmuratov) mavzusidagi ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi. Kitobxonlik davrasi o’zbek va rus tillarida olib borildi. Tadbirda yangi chiqqan ma’naviy va ilmiy adabiyotlarning kichik ko’rgazmasi tashkil etildi. Kitobxonlik davrasi professor-o’qituvchilar, ishtirokchi va talabalar o’rtasida bahs-mulohazalarga boy bo’lib, ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Tadbir yakunida faol ishtirok etgan talabalar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.
SamDAQI Ma’naviy va ma’rifiy ishlar prorektori: Rustamov O.Y.