maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan yigʻilish
#yoshlar_masalasi #majlis
Joriy yilning 2 noyabr kuni Mirzo Ulugʻbek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektor O.Xaitov boshchiligida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda ijarada yashovchi talabalarning yashash sharoitlari haqida, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi institut va fakultet yetakchilari faoliyati, kafedralarda olib borilgan maʼnaviy-maʼrifiy ishlar holati va sport toʻgaraklari faoliyati samaradorligini oshirish kabi dolzarb masalalarga toʻxtalib oʻtildi hamda kelgusida bajarilishi kerak boʻlgan ishlar boʻyicha masʼullarga tegishli vazifalar topshrildi.
SamDAQI Axborot xizmati