MAʼNAVIY-MAʼRIFIY ISHLAR TIZIMINI TUBDAN TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI BOʻYICHA VIDEOSELEKTOR
Prezident matbuot xizmati maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtganligi to‘g‘risida xabar bermoqda.
Videoselektorda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi faoliyatini qaytadan koʻrib chiqish zarurligi aytildi.
Hududlarda namunaviy loyiha asosida maʼnaviyat va maʼrifat maskanlarini barpo etish boʻyicha koʻrsatma berildi.
Maʼnaviyat va ijodni qoʻllab-quvvatlash fondi tashkil etilishi belgilandi.
Fotolar Prezident matbuot xizmati tomonidan suratga olingan
SamDAQI Axborot xizmati