HAMZA JO‘RAYEV QOZOG‘ISTON RESPUBLIKASI TARAZ DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETIDA MAHORAT DARSLARINI O‘TDI

O‘zbekiston va Qozog‘iston Respublikalari Prezidentlarining davlat tashriflarida o‘zaro manfaatli keng masshtabli memorandumlarning imzolanganligi ta’lim sohasida ham o‘ziga xos kelishuvlarga asos bo‘ldi. Ana shunday kelishuvlarning asosiy bandlardan birida jahon andozalariga mos malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida ta’lim tizimidagi davlatlararo hamkorlikning samadorligi ko‘zda tutilgan.Keng formatda tuzilgan shartnomada professor-o‘qituvchilarning o‘zaro mahorat darslari, amaliy, seminar va ma’ruza mashg‘ulotlarini o‘tkazish orqali tajriba almashishlar maqsadga muvofiqligi e’tirof etilgan.

Rejalashtirilgan ishlarning amaliy bosqichi sifatida institut “Tasviriy san’at” kafedrasi o‘qituvchisi, dotsent, san’atshunoslik nomzodi Hamza Jo‘rayev Qozog‘iston Respublikasi Taraz davlat pedagogika universitetida “Ma’daniyat va san’at” fakultetining “Tasviriy san’at va chizmachilik” yo‘nalishi professor o‘qituvchilari, magistrlari va bakalavr yo‘nalishi talabalariga mahorat darslari, seminar-trening va ma’ruza mashg‘ulotlarini o‘tdi.

O‘qilgan ma’ruzalardan ayniqsa “Kamoliddin Behzod va miniatyura san’ati”, “Temuriylar davri san’ati” hamda taniqli Samarqandlik usta kulollar yaratgan kichik plastik kulolchillik buyumlariga tinglovchilarning qiziqishlari nihoyatda katta bo‘ldi.Safar muddati 31 martdan 15 aprelgacha davom etib Hamza Jo‘rayev Qozog‘istonning diqqatga sazovor joylari, muzey hamda tarixiy obidalarining arxitekturasi va tarixi bilan tanishib chiqdi.