SAMARQANDDAGI ORIF GULHANIY UY-MUZEYIDA SHOIR, YOZUVCHI, RASSOM VA SAN’ATKORLAR ISHTIROKIDA MA’NAVIY-MA’DANIY TADBIR BO‘LIB O‘TDI

Bir necha yillardan beri O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi kengashi Orif Gulxaniy uy-muzeyi hamkorligida “Samarqandni gulga burkaylik! 1+10” gulsevarlar aksiyasi va “Har bir o‘quvchining o‘z guli bo‘lsin!” nomli yosh tabiatsevarlarning harakati, adabiy-badiiy, xayriya tadbirlari o‘tkazilib kelinmoqda.

O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi viloyat raisi Toshpo‘lat Tugalov tadbirning mazmun mohiyati haqida so‘z yuritar ekan, Orif Gulxaniy uy-muzeyi yozuvchi, shoir, umuman, barcha ijodkorlar uchun aziz va qadrdon bo‘lib qolganligini ta’kidladi. “Hovlida ko‘zni quvontiruvchi anvoiy gullar, turli rangda tovlanib turgan lolalar ijodkorlarga zavq-shavq va ilhom bag‘ishlaydi. Bog‘i Gulxaniyda tashkil etilgan tadbirlarda marhum Olqor Damin faol ishtirok etib kelardi. U tabiat va gul shaydosi edi”, - dedi jumladan T.Tugalov.

Shu aksiya va harakat doirasida joriy yilning 1 aprel kuni “Lola sayli” tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti uchinchi bosqich talabalari “Arxitektura nazariyasi va tarixi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari B.A.Saidova va D.Z.Kamalovalar rahbarligida qatnashib, katta tasssurotlar bilan qaytishdi.