Landshaft dizayni va interer

Kafedra mudiri: JonuzakovAbduvali Esirgapovich

Qabul kunlari: Har kuni 13:00 dan 15:00 gacha (dushanba va shanbadan tashqari)   

Telefon: (93) 336-03-20

E-mail: jonuzoqov53@umail.ru 

 

 

 

 

 

Kafedra tarixi

Kafedra  barcha sharoitlarga ega Me'morchilik fakulteti tarkibida1997 yilning 4-iyulida «Badiiy grafika va kompyuterda loyihalashtirish» nomi bilan institute Ilmiy kengashining 10-son qaroriga binoan o’z faoliyatini boshladi. Rektor buyrud’iga asosan arx.nomzodi, dotsent Bolg’aev A.B. kafedra mudiri etib tayinlandi.Kafedrani  tashkilet ish va unga to’g’ri yo’nalish berishda kafedraning birinchi mudiri, dotsent Bolg’aev A.B. va o’sha vaqtdagi  fakultetdekani, t.f.nomz, dotsent A.Masaradinovlarning xizmatlari beqiyos. Yangi kafedra asosan «Me'moriy va badiiy loyihalashtirish» va «Maskan» kafedralari bazasida tashkil etilganligi bois, dotsent Bolg’aev A.B.(1.0 st), “O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan arxitektor”, dotsent Ibragimov A.A.(1.0 st), dotsent v.b. Bekmuxamedov A.T.(0.75 st), katta o’qituvchilar Jonuzoqov A.E. (0.75 st) va Zoirov R.Z.(0.75 st), ass. Daminov B.(0.5 st)lar «M va BL» kafedrasidan, dekan Masariddinov A.M. «ChGvaIG» kafedrasidan, ass.Hakimov I. (0.5 st) «TS va haykaltoroshlik» kafedrasidan  ushbu kafedraga o’zlarining o’quv yuklamalari bilan birga o’tkazildilar. Taniqli musavvir Kalonov N.J. dotsent v.b. o’rindoshlik lavozimiga (0.25 st.) taklif qilindi va ikki nafartexnik xodim (cabinet mudiri va laborant) ishgaolindi. Yangi kafedraga kerakli auditoriya va xonalar, mebel va jihozlar,  7 ta kompyuter (486 markali)dan iborat kompyuter sinfi biriktirildi.
1996-1997 o’quv yili V.051800 – «Tashviqot va reklamaning tasviriy vositalari» ixtisosligi bo’yicha 4 yillik muddatga qabul qilingan talabalar kafedra tasarrufiga o’tkazildi.Ko’p o’tmay vazirlikda 1999 yil tasdiqlangan  B 211200 – «Dizayn» yo’nalishi ishchi o’quv rejasiga binoan o’qish muddati 5 yil qilib belgilandi. Mazkur o’quv rejasi bo’yicha ta'lim olgan 7 talaba 2000-2001 o’quv yili Malakaviy bitiruv ishlarini bajarib, diplom  himoyasiga chiqdilar va kafedramizning birinchi qaldirg’ochlari bo’ldilar. Bugungi kungacha kafedramizda  589 (2018 y.gacha) nafardan ziyod yosh yigit-qizga «Dizayner» degan bakalavr diplomlari berildi.
1998-1999 o’quv yiliga kelib (1998 yil, dekabr) kafedrada asosan «Dizayn» yo’nalishi  fanlari qolganligi bois kafedra nomi ham «Badiiy loyihalash va grafika» («Xudojestvennoe proektirovanie i grafika») nomiga o’zgartirildi. Kafedraga 1998 yil dekabridan respublikada taniqli rassom, “O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san'at arbobi” Muhamadiev Eson Muhamadievich tayinlandi va 1999 yil martida 5 yil muddatga saylandi. Yangi mudir dots.A.Bolgaev kafedrada yaratgan sog’lom muhitni sifat jihatidan boyitishga harakat qildi. Kafedraga iste'dodli rassomlar, malakali arxitektor va dizaynerlar taklif etilib, o’quv jarayonining samarali bo’lishi ta'minlana bordi, talabalarning ijodiyot, san'atga munosabati o’zgara bordi. Hozirgi kunda kafedrada tayyorlangan kadrlar nafaqat respublikamiz viloyatlari va shaharlaridagi loyiha tashkilotlari va dizayn firmalarida, balki xorijiy va qo‘shni davlatlarda ham faoliyat olib bormoqdalar.
Kafedraga turli yillarda: Sh.X.Tugizov(2013-2015), O.N.Babakandov(2015-2016), Sh.M.Kurbanov(2016-2017), B.B.Mustayev(2018) rahbarlik qildilar. 2018-2019 o’quv yilidan A.E.Jonuzakov boshqarib kelmoqda. 
Kafedrada 2018-2019 yilidan 5A15091 – “Arxitektura muhitlari dizayni” ixtisoslidgi bo’yicha Magistrlar tayyorlash yo’lga qo’yildi.

Bugungi kunda (2019 y.yanvar) kafedrada 1 nafar professor, 1nafar arx.nomz., dotsent, 5 nafar katta oqituvchi, 10 nafar o’ituvchi asosiy shtatda, 1 nafar arx.nomz., dotsent, 1 nafar katta oqituvchi, 5 nafar oqituvchi o’rindoshlik asosida jami 23 nafar professor-o’qituvchi ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar olib borishadi.

Kafedra bakalavriat ta’lim yo’nalishi:

•5150900 – «Dizayn (turlari bo’yicha)»

Kafedra magistratura ixtisosligi:

•5150900 – «Dizayn (turlari bo’yicha)»

Kafedrada o'qitiladigan fanlar:

Bakalavriatura bo’yicha:

•Arxitekturaviy grafika;

•Maketlash va modellash;

•Arxitektura ashyoshunosligi;

•Taqdimotlar dizayni;

•Ergonomika va mebeldizayni;

•Dizayn asoslari;

•Loyihalash asoslari;

•Dizayn stilistikasi va ornamentika;

•Dekorativ bog’dorchilik;

•Badiiy loyihalash;

•Interyer dizayni;

•Landshaft dizayni;

•Kompozitsiya asoslari;

•Arxitekturaviy grafika va kompyuterda modellashtirish;

•Ergonomika;

•Landshaft loyihalash;

•Manzara kompozitsiyasi;

•Yorug‘lik dizayni;

•Interyerni loyihalash;

•Landshaft loyihalash va maketlash;

•Dekorativ materialshunoslik;

•Bionika va kichik arxitektura shakllarini badiiy konstruksiyalash;

•Topiar san’ati va gulshunoslik;

•Interyer loyihalash, arxitekturaviy grafika va kompyuterda modellash;

•Bionika,maketlash va modellash;

•Badiiy konstruksiyalash va mebel dizayni;

•Bionika va dekorativ dendrologiya;

•Kichik arxitektura shakllarini badiiy konstruksiyalash;

•Me’mor maslahati;

•Muyit dizayni;

•Bionika;

•Landshaft kompozitsiyasi va floristika;

•Badiiy konstruksiyalash;

•Kompyuterda loyihalash.

Magistratura bo’yicha:

•Dekoratv ko’kalamzorlashtirish va obodonlashtirish;

•Arxitektura muhitlarini loyihalashda ilmiy tadqiqotlar;

•Arxitektura muhitlarini yaratish va tasvirlash;

•Dendrologiya.

•Modellashtirish va prototiplash;

•Arxitektura muhitlarini shakllantirishda dizayn va san’atning o’rni.

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari:

Kafedra ilmiy-tadqiqot faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari

Loyiha nomi: Kafedrada 2018-2022 yillarga mo‘ljallangan SamDAQI Ilmiy kengashining 2018 yil 8-noyabr 2-sonli bayonnoma bilan tasdiqlangan ikkita yo‘nalish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib boriladi, bu ikki yo‘nalish, ya’ni:

1.“Landshaft va interer dizaynining zamonaviy muammolari”;

2.“Loyihalash va ta’lim tizimida zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash uslubiyati muammolari” mavzulari bo‘yicha kompleks ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. 

Loyiha rahbari va qatnashchilari:1-mavzuga professor E.M.Muxamadiev rahbarlik qiladi. Ishni bajarishda katta o‘qituvchilar: arx.f.n.N.V.Drobchenko, A.E. Jonuzakov, O.N.Babakandov, O.O. Narkulov, Djurayeva G.N.; o‘qituvchilar: X.D.Abdiev, X.M.Saloxiddinov, B.M.Isomuxamedov, A.M.Xaqberdiev va b.lar qatnashadilar.
Loyiha rahbari va qatnashchilari: 2-mavzuga katta o‘qituvchi A.E.Jonuzakov rahbarlik qiladi.  Ishni bajarishda katta o‘qituvchilar: arx.f.n.N.V.Drobchenko; o‘qituvchilar: B.B.Mustaev,U.N.Karimov, K.B.Yunusova, M.K.Kurbanova, D.E.Isakova, E.B.Kadirov va b.lar qatnashadilar.Muddati:  2018-2022 yillar.

Kafedrada bajarilgan ilmiy-uslubiy ishlar:

•RANGSHUNOSLIK ASOSLARI. O’quv qo’llanma. Muxamadiyev E.M.

•DIZAYN ASOSLARI. O’quv qo’llanma. Muxamadiyev E.M.,Tugizov Sh.X.,Yunusova K.B. 

•O‘ZBEKISTON QISHLOQLARIDA LANDSHAFT ARXITEKTURASINI RIVOJLANTIRISH AN’ANALARI. Monografiya. Uralov A.S., Jonuzoqov A.E., Balgaeva SH.A. –Samarqand: Zarafshon nashriyoti, 2017.

•SHRIFT KOMPOZITSIYASI. Uslubiy ko‘rsatma. Jonuzakov A.E., Tugizov SH.X. 

•TARIXIY OBIDALARNING PERSPEKTIVASINI ARXITEKTORLAR USULIDA YASASH” Uslubiy ko‘rsatma. Jonuzakov A.E.,Tugizov SH.X., Narkulov O.O. 

•SHRIFT KOMPOZITSIYASI. Uslubiy ko‘rsatma. Jonuzakov A.E., Maxmatqulov I.

•BADIIY KO‘RINISHDAGI SHRIFTLAR KOMPOZITSIYASI. Kasb-hunar kollejlari uchun uslubiy ko‘rsatma. Jonuzakov A.E., Maxmatqulov I.

•MO‘JAZ ARXITEKTURAVIY FORMALAR. 1-qism. Dekorativ va utilitar xususiyatga ega qurilmalar. Uslubiy ko‘rsatma. Jonuzakov A.E., Baykulova N.

•MO‘JAZ ARXITEKTURAVIY FORMALAR. 2-qism. Vizual kommunikatsiyalar va yoritgich qurilmalari. Uslubiy ko‘rsatma. Jonuzakov A.E., Baykulova N.

•МАЛЫЕ АРХИТЕКТУРНЫЕ ФОРМЫ. 1-часть. Сооружения декоративного и утилитарного характера. Методические указания. Жонузаков А.Э., Байкулова Н. 

•МАЛЫЕ АРХИТЕКТУРНЫЕ ФОРМЫ. 2-часть. Визуальные коммуникации и устройство освещения. Методические указания. Жонузаков А.Э., Байкулова Н.

•INTERYER PERSPEKTIVASI. Uslubiy qo‘llanma. Jonuzakov A.E., Djurayeva G.N.

•ПЕРСПЕКТИВА ИНТЕРЬЕРА. Mетодическое пособие. Жонузаков А.Э., Джураева Г.Н., Наркулов О.О.

•NATYURMORT ISHLASH. Uslubiy ko‘rsatma. Xamzaeva M.A., Muxamadiyev E.M., JonuzakovA.E., E.M., Babakandov O.N. 

Kafedra manzili: SamDAQI, Arxitektura fakulteti, 1-qavat, «Interyer va landshaft dizayni» kafedrasi. Tel.: (0366) 237-48-98.