TO‘LOV-KONTRAKT ASOSIDA TAHSIL OLAYOTGAN BARCHA YUQORI BOSQICH TALABALARI DIQQATIGA!

 

Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutning 2020 yil 3 fevraldagi qaroriga asosan 2020-2021 o‘quv yilida institut bakalavriat va magistraturasida tahsil olayotgan barcha yuqori bosqich talabalari uchun to‘lov-kontrakt miqdorining birinchi yarmini to‘lash muddati 2021 yilning 15-fevraliga qadar uzaytirilganligini ma’lum qilamiz.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 11 iyuldagi PQ-4391-son qarorining 11-bandi a)-qismiga asosan to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalar uchun kontrakt to‘lovlarini amalga oshirish muddatlari oliy ta’lim muassasasi rektori (mahalliy oliy ta’lim muassasasining filiali direktori) tomonidan uzaytirilishi ko‘rsatilgan.

 

Institut marketing xizmatlari bo‘limi 2020-2021 o‘quv yilida to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalar uchun kontrakt miqdorining birinchi yarmini to‘lash muddati boshqa uzaytirilmasligi to‘g‘risida ogohlantiramiz.

 

Belgilangan muddatgacha shartnomada ko‘rsatilgan pul-to‘lov shartini bajarmagan talabalar ogohlantirishsiz institut talabalari safidan chiqariladi.

 

Marketing xizmatlari bo‘limi