KONSTITUTSIYA HUQUQ-BURCHLARIMIZ KAFOLATIDIR!

 

8 dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti faollar zalida “Konstitutsiya huquq-burchlarimiz kafolatidir!” deb nomlangan katta bayram tantalalari bo‘lib o‘tdi.

  
 

Bosh qomusimizning 28 yillik bayram shodiyonasi munosabati bilan bayram tabrigi va tadbirni ochib berish uchun so‘zga institut Xodimlar va talabalar boshlangʻich kasaba qoʻmita uyushmasi raisi Abdurahmon Axunjanov chiqdi. Tadbirning badiiy qismida institutning faol va iqtidorli yoshlari tomonidan vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar, raqs va vatanparvarlikni targ‘ib qiluvchi sahna ko‘rinishlar bilan chiqishlar namoyish etildi.



  


SamDAQI Axborot xizmati