KONSTITUTSIYA — FAROVON HAYOTIMIZ KAFOLATIDIR

"Konstitutsiya - farovon hayotimiz kafolatidir" mavzusida "Qurilish" fakultetiining 107-BvaIK guruhi talabalaridan tashkil topgan “Adolat” va “Qalqon” jamoalari o‘rtasida uch shart bo‘yicha bellashuv bo‘lib o‘tdi.




 

Tanishtiruv - jamoalar o‘z jamoasi nomidan kelib chiqib o‘zlarini tanishtirdilar, savol-javob shartida xar ikki jamoaga huquqiy savodxonligini aniqlovchi savollar berildi. Erkin mavzu shartida esa sahna ko‘rinishi namoyish etildi. 



  

Besh nafar professor-o‘qituvchilardan tashkil topgan ekspertlar bellashuvni baholab bordilar va “Qalqon” jamoasi 34 ball, “Adolat” jamoasi 31 ball to‘plab natijada “Qalqon” jamoasi g‘olib deb topildi. Faol ishtirok etgan barcha talabalarga tashakkurnoma va faxriy yorliqlar hamda kitoblar jamlanmasi topshirildi. Jamoalar birinchi va ikkinchi darajali diplomlar bilan taqdirlandilar. Bellashuv jarayonida badiiy chiqishlar va yig‘ilganlar o‘rtasida huquqiy savodxonlik bo‘yicha viktorinalar ham uyushtirildi.

 

SamDAQI Axborot xizmati