«ARXITEKTURA VA QURILISH SOHALARIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI QO’LLASH ISTIQBOLLARI» mavzusida xalqaro ilmiy-texnik konferensiyasidan tafsilotlar
«ARXITEKTURA VA QURILISH SOHALARIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI QO’LLASH ISTIQBOLLARI»
mavzusida xalqaro ilmiy-texnik konferensiyasi tafsilotlari
Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 20 yanvardagi 33-f sonli Farmoyishiga, hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 23 yanvardagi 27-sonli buyrug’iga asosan , Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida 2016 yil 27-28 may kunlari «Arxitektura va qurilish sohalarida innovasion texnologiyalarni qo’llash istiqbollari» mavzusida xalqaro ilmiy-texnik konferensiya bo’lib o’tdi.
Xalqaro konferensiyada quyidagi yo’nalishlar bo’yicha muammolar batafsil tahlil qilindi va ushbu mummolarni bartaraf etish, kelgusida sohalarni yanada takomillashtirish va rivojlantirish istiqbollari, innovasion yondashish, modernizasiyalash kabi masalalar kelishib olindi:
- arxitekturada an’anaviylik va zamonaviylik munosabatlari, sohada erishilgan mamlakatimiz va xorij tajribalari;
- qurilish materiallari, konstruksiyalari, texnika va texnologiyalarini innovasion rivojlantirish istiqbollari;
- geodeziya, kartografiya va kadastr sohasiga zamonaviy texnologiyalarni tadbiq qilish istiqbollari; Aerokosmik tadqiqotlar.
- muhandislik kommunikasiyalari sohasida innovasion texnologiyalar;
- arxitektura-qurilish sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlar;
- arxitektura va qurilish tizimlari uchun mutaxassislar tayyorlash va soha xodimlarining malakasini oshirish;
- mamlakatni modernizasiyalash sharoitida qurilish iqtisodiyoti va menejmentinig nazariy va amaliy muammolari.
Konferensiya to’plamiga 526 ta ilmiy maqola va tezislar chop etildi.Konferensiyaga 6 ta xorijiy mamlakatlardan va respublikamizning 20 dan ziyod OTMlaridan ishtirokchilar tashrif buyurdilar.