SamDAQIda 2016 YIL 30 APREL KUNI «TA’LIM, FAN VA ISHLAB CHIQARISH INTEGRASIYASIDA INTELLEKTUAL SALOHIYATLI YOSHLAR-MAMLAKAT TARAQQIYOTINING MUHIM OMILI» MAVZUSIDA XIII RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI BO’LIB O’TDI.
SAMARQAND DAVLAT ARXITEKTURA-QURILISH INSTITUTIDA 2016 YIL 30 APREL KUNI «TA’LIM, FAN VA ISHLAB CHIQARISH INTEGRASIYASIDA INTELLEKTUAL SALOHIYATLI YOSHLAR-MAMLAKAT TARAQQIYOTINING MUHIM OMILI» MAVZUSIDA XIII RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI BO’LIB O’TDI.
Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida 2016 yil 30 aprel kuni yosh olimlarni qo’llab-quvvatlash va ularni intellektual salohiyatlarini ro’yobga chiqarish maqsadida “Ta’lim, fan va ishlab chiqarish integrasiyasida intellektual salohiyatli yoshlar-mamlakat taraqqiyotining muhim omili” mavzusida yosh olimlar, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, mustaqil tadqiqotchilar, magistrant va iqtidorli talabalarning an’anaviy XIII respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o’tkazildi. Mamlakatimizda ilm-fanni rivojlantirish, ta’lim sohasini isloh etish, ilmiy va innovasion faoliyatni har tomonlama qo’llab-quvvatlashga qaratilgan bu konferensiya milliy iqtisodiyotni modernizasiya qilish sharoitida ilm, fan hamda ishlab chiqarish sohalarini ilmiy-innovasion integrasiyasini rivojlantirishda alohida ahamiyat kasb etadi. Konferensiyaning bosh maqsadi Oliy ta’lim tizimida intellektual, keng fikrli, boy dunyoqarashga ega, rivojlangan mutaxassislar tayyorgarligini ta’minlash, ularning salohiyatini yuksaltirish, ilmiy tadqiqot ishlariga yo’naltirish, yosh olimlar iqtidorini yuzaga chiqarish kabi ezgu maqsadlarga qaratildi.
Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida o’tkazilgan «Ta’lim, fan va ishlab chiqarish integrasiyasida intellektual salohiyatli yoshlar-mamlakat taraqqiyotining muhim omili» mavzusidagi XIII respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi yoshlar iqtidorini yuzaga chiqarishda, ularning ilmiy salohiyatini rivojlantirishda, ilmiy tafakkurini, dunyoqarashini boyitishda, raqobatbardosh mutaxassislarni tarbiyalash va yosh olimlarning innovasion g’oya va ishlanmalarini amaliyotga tadbiq qilishda, eng asosiysi fan, ta’lim va ishlab chiqarish integrasiyasini ta’minlashda yetakchi omil bo’lib xizmat qiladi.
Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida bo’lib o’tgan «Ta’lim, fan va ishlab chiqarish integrasiyasida intellektual salohiyatli yoshlar-mamlakat taraqqiyotining muhim omili» mavzusidagi yosh olimlar, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, mustaqil tadqiqotchilar, magistrant va iqtidorli talabalarning an’anaviy XIII respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida 32 ta oliy ta’lim muassasalaridan 800 nafarga yaqin yosh olimlar, katta ilmiy xodim izlanuvchilar hamda iqtidorli talabalar o’zlarining 600 dan ortiq maqola va tezislari bilan ishtirok etishdi. Ularning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari sho’ba yig’ilishlarida muhokama qilindi va ular asosida tegishli taklif-tavsiyalar ishlab chiqildi.