FAOL INVESTISION MUHITNI SHAKLLANTIRISHDA TA’LIM, FAN VA ISHLAB CHIQARISH INTEGRASIYASINING DOLZARB MUAMMOLARI

Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida O’zbekiston Respublikasi  Fanlar akademiyasi bilan hamkorlikda 2019  yilning 7  iyun  kuni “Faol investision muhitni shakllantirishda ta’lim, fan va ishlab chiqarish integrasiyasining dolzarb muammolari” mavzusida yosh olimlar, doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar, magistrant va  iqtidorli talabalarning XVI respublika ilmiy- amaliy  konferensiyasi o’tkazildi.
Mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotining o’sish sur’atlari dunyo hamjamiyati tomonidan yuksak e’tirof etilmoqda. Bu ayni paytda ilm-fanni rivojlantirish, ta’lim sohasini isloh etish, ilmiy va innovasion faoliyatni har tomonlama qo’llab-quvvatlashga qaratilgan keng ko’lamli islohotlar samarasidir. 
Mamlakatimiz iqtisodiyotini yuksaltirishning ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida innovasiya va integrasiyaga asoslangan rivojlanish yo’liga o’tish ishlari jadal ravishda olib borilmoqda. 
2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini 2019 yil “Faol investisiyalar va ijtimoiy rivojlanish” yilida  amalga oshirishga oid davlat dasturiga bag’ishlab, 2019  yil 7 iyun kunlari Samarqand  davlat arxitektura-qurilish institutida yosh olimlarni intellektual salohiyatlarini ro’yobga chiqarish  maqsadida  “Faol investision muhitni shakllantirishda ta’lim, fan va ishlab chiqarish integrasiyasining dolzarb muammolari” mavzusida yosh olimlar, doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar, magistrant va  iqtidorli talabalarning XVI respublika ilmiy- amaliy  konferensiyasi o’tkazildi.
Xususan, Anjumanda yosh tadqiqotchilar tomonidan arxitektura nazariyasi va tarixi, arxitekturaviy loyihalash tizimini takomillashtirish, shaharzozlik, dizayn, san’atshunoslik va kompyuter grafikasi  sohalarini rivojlantirishning dolzarb muammolari  muhokama qilindi.
Shuningdek, anjumanda  bino-inshootlarni loyihalash, qurish hamda energiya samaradorligini oshirish, qurilish konstruksiyalari, mahalliy xom-ashyolar asosida yangi qurilish  hamda kompozision materiallar yaratish, zamin va poydevorlar, muhandislik kommunikasiyalari, mashinasozlik texnologiyalarini innovasion rivojlantirish  masalalariga oid dolzarb mavzulardagi ma’ruzalar tinglandi.
Shu bilan bir qatorda anjumanda geodeziya, kartografiya,  va davlat kadastrlari yagona tizimini rivojlantirish, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, iqtisodiyot, turizm, servis va ko’chmas mulk bozori  sohalarida  faol tadbirkorlikni rivojlantirish yo’lidagi to’siqlarni bartaraf etish hamda qulay investision iqlim  va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirishning  innovasion yechimlari, axborot kommunikasion texnologiyalarni rivojlantirsh va va sohani innovasion  rivojlantirish, kadrlar sifatini oshirish va qayta tayyorlash tizimida  innovasion yondoshuvlar, innovasion ta’lim texnologiyalari va pedagogik kompetentlik,  arxitektura, qurilish va  shaxarsozlik, sohalarini rivojlantirishda kadrlar sifatini oshirish  muammolari va yechimlari muhokama qilindi.
Anjumanda Respublikamiz  Oliy ta’lim muassasalari hamda O’zFA ilmiy tadqiqot institutlari va iqtisodiyot sohalari korxonalaridan 93 nafar yosh professor-o’qituvchilar va mutaxassislar, 71 nafar yosh olimlar, 168 nafar magistrant va iqtidorli talabalar o’z ilmiy maqaolalri bilan ishtirok etdilar.
Bunday  ezgu  ishlarni bosqichma-bosqich  amalga  oshirish  maqsadida  o’tkazilgan “Faol  investision muhitni shakllantirishda ta’lim, fan va ishlab chiqarish integrasiyasining dolzarb muammolari” mavzusidagi mazkur anjuman fan-ta’lim tizimini innovasion rivojlantirish orqali barkamol  avlodni  voyaga  yetkazishga  qaratilgan  sa’yi-xarakatlardan biri hisoblanadi. 
Anjuman ning asosiy maqsadi ham oliy ta’limi  muassasalarida  iqtidorli va qobiliyatli yoshlarni ilmiy tadqiqot ishlariga yo’naltirish, yoshlar o’rtasida o’zaro ilmiy-ijodiy hamkorlik muhitini rivojlantirish, o’zaro fikr-mulohaza va tajriba almashishlari uchun sharoit yaratib berish, yoshlarni fan-texnika taraqqiyoti yo’lida birlashtirish hamda yosh olimlarning ilmiy faoliyatini qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirishdan iboratdir.
Anjuman doirasida yosh olimlarning tadqiqot yo’nalishlari bo’yicha “Innovasion g’oyalar” ko’rik tanlovi o’tkazildi.  “Eng yaxshi ilmiy ishlanma”, “Eng yaxshi innovasion g’oya” va “Eng yaxshi ma’ruzachi” yo’nalishlarida o’tkazilgan  tanlov g’oliblari Samarqand  davlat arxitektura-qurilish instituti va O’zbekiston Respublikasi  Fanlar akademiyasining diplomlari bilan taqdirlanadilar.
Anjuman yakunida  ishtirokchilar tomonidan  ta’lim, fan va ishlab chiqarish integrasiyasida innovasion texnologiyalarni qo’llashning zamonaviy modelini yaratish va  ilmiy  asoslangan tartibini ishlab chiqishni ahamiyatiga to’xtalib o’tildi. Anjumanda muhokama qilingan  masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi va  amaliyotga tadbiq etish bo’yicha  “yo’l xaritasi”  ishlab chiqildi.
Bu kabi ilmiy anjumanlar ilmiy tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy qilish,   soha mutaxassislarida o’zaro do’stlik  va xurmat aloqalarini rivojlantirish, fikr-mulohaza va tajriba almashishlar uchun sharoit yaratib berish,  ularni fan-texnika taraqqiyoti yo’lida birlashtirish hamda ilmiy faoliyat bilan shug’ullanuvchilarni  qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirishga qaratilgan tadbir hisoblanadi.
Anjumanning taklif va tavsiyalari respublikamizda mazkur sohalarni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Usmon XUShVAQTOV
Samarqand  davlat arxitektura-qurilish instituti  ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo’limi boshlig’i