O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ARXITEKTURA, SHAHARSOZLIK VA DIZAYNNI MODERNIZATSIYALASH HAMDA INNOVATSION HAMDA INNOVATSION RIVOJLANTIRISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI MAVZUSIDA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA BO‘LIB O‘TDI

Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida joriy yilning 17-18 aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 25 fevraldagi 133-F Farmoyishi va O‘zbekiston Respubikasi Qurilish vazirligining 2019 yil 4 martdagi 126-son buyrug‘ining ijrosini ta’minlash maqsadida rejalashtirilgan “O‘zbekiston Respublikasida arxitektura, shaharsozlik va dizaynni modernizatsilayalash hamda innovatsion rivojlantirish muammolari va yechimlari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Bugungi kunda Respublikamiz  oldida iqtisodiyotni modernizatsiyalash va rivojlantirishning innovatsion yo‘liga o‘tish vazifasi turibdi. Iqtisodiyotning muhim sektorlaridan biri shaharsozlik, arxitektura va qurilish kompleksi hisoblanadi.

Anjuman jarayonida hozirda mamlakatimizda qurilayotgan bino va binolar o‘rnini aniqlashda qizil chiziqqa (красная линия) rioya qilinmaganligi aksariyat ko‘p qavatli turar joy binolari oldida avtomobil turar joylari va bolalar maydonchalari loyihalashtirilmaganligi tarixiy yodgorliklar hududida bino maydonchalari loyihalashtirilmaganligi, tarixiy yodgorliklar  hududida bino va inshootlar qurilishiga ruxsat berilganligi oqibatida himoya zonasini buzilishiga olib kelganligi, noqonuniy va  o‘zboshimchalik bilan turar joylarni o‘zlashtirilganligi, shaharlarda kanalizatsion tizimlar ishdan chiqqanligi buning oqibatida esa aholi uylari yomg‘ir suvlari ostida qolganligi haqida tanqidiy ma’ruzalar tinglandi. Bunga albatta yer ajratishga mutasaddi davlat organlari mas’ullari va loyihani ishlab chiqqan loyiha institutlarining arxitektorlari javobgardirlar.

Anjumanda bundan buyon binolarni loyihalashda shaharsozlik qoidalariga qat’iy rioya qilish mahalliy sharoitga mos keladigan kam suv sarfli yashil buta va daraxtlarni ekish, yomg‘ir va qor suvlarini to‘planishini oldini olish, bino va inshootlarga energosamarador, sifatli va pishiq kompozitsion qurilish materiallarini qo‘llash kabi bir qancha takliflar ishlab chiqildi.

Bundan tashqari ajdodlarimiz yaratgan bog‘-park san’ati, osma bog‘lar, arxitektura tarixi, masjidu madrasalar, komplekslar mintaqamizga va iqlimimizga mos keladigan bino loyihalari, shaharsozlik va dizayn yechimlarini kelgusida loyihalashda foydalanish masalalari tahlil qilindi.

Qurilish tizimida innovatsion texnologiyalarni qo‘llash, yaratish va joriy etish, qurilish kompleksini modernizatsiyalash o‘z navbatida mamlakatimiz iqtisodiy o‘sishini oshirish imkonini beradi. Anjuman qatnashchilari ushbu anjuman natijasi sifatida muayyan internet-maydon yaratilib, shaharsozlik, arxitektura, landshaft va dizayn sohasidagi muammolar o‘z yechimini topishiga ishonch bildirdilar.Anjumanda arxitektura, shaharsozlik va dizaynni modernizatsiyalash hamda innovatsion rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan taklif va mulohazalar rezolyutsiya  shaklida O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va O‘zbekiston Respulikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasiga taqdim etiladi va albatta bu takliflar amaliyotga qo‘llanib, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar bartaraf etilishiga xizmat qiladi.