Ko'chmas mulk ekspertizasi va uni boshqarish kaferdrasi

 

Kafedra mudiri:

Telefon: (8-366) 237-11-12

Elektron manzil: ivakmesamdaqi@umail.uz

 

 

KAFEDRA TARIXI
Kafedra “Qurilish iqtisodiyoti” nomi bilan 1969 yilda tashkil etilgan. Dastlab kafedraning birinchi mudiri bo’lib prof. S.I.Betman faoliyat ko’rsatib, u kishi katta ishlab chiqarish tajribasiga ega edi. 1979 yilning dekabr oyigacha prof. S.I. Betman kafedraga rahbarlik qildi. 1980 yil yanvardan 2012 yil avgustgacha kafedraga texnika fanlari doktori, prof. K.B.Ganiyev rahbarlik qildi. U quyidagi kafedralar asoschisi hisoblanadi: “Qurilish iqtisodiyoti va rejalashtirish”, “Qurilishni tashkil etish va iqtisodiyoti”, “Iqtisodiyot va ko’chmas mulk ekspertizasi”.
Dastlab kafedra asosan ishlab chiqarishdan malakali mutaxassislar va boshqa Respublika oliy ta’limidan taklif etilgan kadrlar bilan shaklantirildi. Kafedraning dastalbki professor-o’qituvchilariga i.f.n., dos. S.X. Xusainov, i.f.n, dos. I.A. Narzikulov, A.A. Kaneyeva, G.I. Podsevatkina, X.A. Abdukadirova va boshqalarni kiritish mumkin.
1971 yilda kafedra O’zRO va O’MTV yo’llanmasi asosida mazkur institutning bitiruvchilari yosh mutaxassislar K.S. Krasnaya, M.G.Ganiyevalar bilan to’ldirildi. 1971-1980 yillarda S.I. Betman, X.A. Abdukadirova, K.S. Krasnaya, M.G. Ganiyeva, G.M. Mins, K.B.Ganiyev, R.S. Li va boshqalar nomzodlik dissertasiyalarni himoya qildilar. 
Institut tashkil bo’lgandan boshlab (1966-1998 yilgacha) kafedrada 1721 nafar “Iqtisodiyot va qurilishni tashkil etish” va “Ishlab chiqarish iqtisodiyoti va boshqarish” mutaxasislari tayyorlandi. Kafedraning bitiruvchilari O’zbekistonning turli hududlarida va hamdo’stlik mamlakatlarida hozir faoliyat ko’rsatmoqda. 1998 yildan boshlab va hozirgi kungacha 5340200 “Menejment (tarmoqlar bo’yicha)” ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar tayyorlamoqda. 
2006-2007 va 2007-2008 o’quv yillarida 5A3240200 –“Menedjment” mutaxassisligi bo’yicha magistrlar tayyorladi. 
Kafedraning tashabbusi bilan Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan yangi 5340900 –  “Ko’chmas mulk ekspertizasi va uni boshqarish” ta’lim yo’nalishi ochildi. Shu munosabat bilan 2013 yildan boshlab kafedra “Ko’chmas mulk ekspertizasi va uni boshqarish” deb qaytadan nomlandi. Ushbu ta’lim yo’nalishi bo’yicha birinchi bakalavrlarning bitiruvi 2013 yilda bo’lib o’tdi.
2017 yilda 5A340901-“Ko’chmas mulkni baholash va uni boshqarish” magistratura mutaxassisligi bo’yicha birinchi talabalar qabul qilindi.
Kafedraning akademik lisey va kasb-hunar kollejlari bilan hamkorligi:
•Samarqand transport va kommunal xo’jalik 
kasb-xunar kolleji;
•Samarqand moliya-iqtisodiyot kolleji;
•Nurobod sanoat kasb-xunar kolleji;
•Jomboy transport kasb-xunar kolleji.

Kafedrada o’qitiladigan fanlar:
Bakalavriat:
1. Mutaxasislikka kirish;
2. Mikroiqtisodiyot;
3. Makroiqtisodiyot;
4. Ko’chmas mulkni baholash asoslari;
5. Statistika;
6. Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit; 
7. Pul, kredit va banklar; 
8. Tarmoq iqtisodiyoti; 
9. Qurilish iqtisodiyoti;
10. Buxgalteriya hisobi;
11. Ko’chmas mulk iqtisodiyoti;
12. Biznesni baholash; 
13. Iqtisodiy tahlil va audit
14. Xususiylashtirish asoslari; 
15. Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar.
16. Mehnat iqtisodiyoti. Inson taraqqiyoti;
17. Ko’chmas mulkdan foydalanishni tashkil etish va boshqarish;
18. Investisiya loyihalarini baholash va moliyalashtirish;
19. Uy-joy kommunal xo’jaligi iqtisodiyoti va boshqaruvi;
20. Qurilishda bahoni shakllantirish va smeta ishi;
21. Muxandislik kommunikatsiyalari qurilishi iqtisodiyoti;
22. Shahar qurilishi va xo’jaligini tashkillashtirish, rejalashtirish, boshqarish va iqtisodiyot;
23. Qurilish materiallar korxonalar iqtisodiyoti;
24. Ishlab chiqarishni rejalashtirish, tashkil qilish, boshqarish va iqtisodiyoti;
25. Yo’l xo’jaligi iqtisodiyoti;
26. Moliya va kredit;
27. Qurilish tashkiloti ishlab chiqarish faoliyatining tahlili;
28. Qurilish tashkilotlarining moliyaviy tahlili.
Magistratura:
1.Qurilishda bahoni shakllantirish va smeta ishi;
2.Bahoni shakllantirishning makro va mikroiqtisodiy masalalari;
3.Makroiqtisodiy siyosat;
4.Mulkni baholash va uning me’yoriy huquqiy asoslari;
5.Mashina, uskuna, jihozlarni baholash va boshqarish;
6.Biznesni baholash va boshqarish.

Kafedraning ilmiy-tadqiqot faoliyati:
Ilmiy-tadqiqot mavzusi: «Mulkni baholash » (2016 – 2020 y.).
Ilmiy tadqiqod ishlari natijasi asosida bitta o’quv qo’llanmasi, bitta ensiklopedik lug’at va 40 dan ortiq ilmiy maqollar Xalqaro va respublika nashrlarda chop etilgan. 
Nomzodlik va doktorlik dissertasiyalari himoyasi:
1. Raximov Z.O.– 2012 yil dekabrda i.f.n. tasdig’ini oldi.
2. Berdiqulov A.B. - 2012 yil dekabrda i.f.n. tasdig’ini oldi.
Olingan patentlar:
Korxonalar faoliyati samaradorligini boshqarish nomli EHM uchun yaratilgan dastur // O’zbekiston Respubulikasi Davlat patent idorasi, guvohnoma № DGU 01670 – 2010 yil.
Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-uslubiy ishlar:
•Ganiyev K.B, Razzokova G.A., Gafurova M. - «Turar-joy fondi va kommunal-maishiy xizmat obyektlarini ekspluatasiya qilish iqtisodiyoti, tashkil etish va boshqarish» fanidan kurs loyihasini bajarish uchun uslubiy ko’rsatma;
•Ganiyev K.B, Razzokova G.A., Gafurova M. - «Turar-joy fondi va kommunal-maishiy xizmat obyektlarini ekspluatasiya qilish iqtisodiyoti, tashkil etish va boshqarish» fanidan amaliy mashg’ulotlar uchun uslubiy ko’rsatma;
•Ганиев К.Б. – Методические указания по проведению практических занятий по дисциплине «Оценка имущества и недвижимостью» для студентов 4-курса направления образования «Менежмент»;
•Abduxamidov A.Ya. – «Investitsiya loyihalarini baholash va moliyalashtirish» o’quv qo’llanma;
•Абдукадырова Х. – Методические указания к практическим занятиям по дисциплине «Банки и банковское дело» для студентов направления образования «Менежмент»;
•Raximov Z.O. – «Ko’chmas mulkni baholash» fanidan uslubiy ko’rsatma;
•Turdibekov Yu., Ismoilov N. – «Moliyaviy va boshqaruv hisobi» fanidan amaliy mashg’ulotlar uchun uslubiy ko’rsatma.
•Ганиев К.Б, Раззокова Г.А., Гафурова М. - «Турар-жой фонди ва коммунал-маиший хизмат объектларини эксплуатация қилиш иқтисодиёти, ташкил этиш ва бошқариш» фанидан курс лойиҳасини бажариш учун услубий кўрсатма;
•Ганиев К.Б, Раззокова Г.А., Гафурова М. - «Турар-жой фонди ва коммунал-маиший хизмат объектларини эксплуатация қилиш иқтисодиёти, ташкил этиш ва бошқариш» фанидан амалий машғулотлар учун услубий кўрсатма;
•Ганиев К.Б. – Методические указания по проведению практических занятий по дисциплине «Оценка имущества и недвижимости» для студентов 4-курса направления образования «Менежмент»;
•Абдукадырова Х. – Методические указания к практическим занятиям по дисциплине «Банки и банковское дело» для студентов направления образования «Менежмент»;
•Турдибеков Ю., Исмоилов Н. – «Молиявий ва бошқарув ҳисоби» фанидан курс иши бажариш учун услубий кўрсатма.
•Раззакова Г.А., Турдибеков Ю.И. “Қурилишда баҳони шакллантириш” фанидан масалалар тўплами.
•Раззакова Г.А., Турдибеков Ю.И. Сборник задач по дисциплине «Ценообразование в строительстве».
Kafedra manzili: «Qurilishni boshqarish fakulteti » o’quv binosi, 4-qavat, 218 – 223-xonalar, telefon: (8-366) 237-11-12