KITOBXON TALABA

Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida Prezident tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning to‘rtinchisi, yoshlar o‘rtasida keng kitobxonlikni targ‘ib qilish ijrosini ta’minlash maqsadida “5 tashabbus markazi” faollar zalida “Men o‘qigan kitob” nomli kitobxonlik kechasi tashkil etilib kelinmoqda.

Bu loyiha “Hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi o‘qituvchisi Yasakov Zikrillaning tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib, bu tadbir har haftaning shanba kuni o‘tkaziladi. Bugungi kunga qadar O‘tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi”, Ahmad Lutfiy Qozonchining “O‘gay ona”, Said Ahmadning “Ufq” romanlari bo‘yicha 101-hayot faoliyati xavfsizligi ta’lim yo‘nalishi talabalari Zulfinur Qayumova, Shahnoza Axrorova va 107-bino va inshootlar qurilishi talabasi Siroj Abdug‘aniyevlar taqdimot qilib berishdilar.

Kitobxonlik kechasiga institut ma’naviy-ma’rifiy va yoshlar bilan ishlash bo‘limi, viloyat yozuvchilar uyushmasi a’zolari, institutning professor o‘qituvchilari, axborot-resurs markazi keng jalb qilinib kelinmoqda. Bu loyihaning maqsadi, yoshlaning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda talabalarda nutq madaniyati, jamoa ichida o‘zini tuta bilish va keng doirada fikrlash qobiliyatlarini yanada rivojlantirishdan iboratdir.
 

 



  

  
 


SamDAQI Axborot xizmati