KITOB MO‘JIZASI” DEB NOMLANGAN MUNOZARA

#munozara #kitobxonlik

Joriy yilning 7 aprelida SamDAQI Axborot resurs markazi va “Xorijiy axborot kutubxona resurslari bilan xizmat ko‘rsatish” bo‘limi tomonidan “Kitobxonlik haftaligining” navbatdagi tadbiri “Kitob mo‘jizasi” deb nomlangan baxs munozara bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda institutning “Xorijiy tillar” kafedrasi mudiri M.Kenjayev, “O‘zbek tili va adbiyoti” kafedrasi mudiri A.Qurbonov, “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi O‘.Xudayarov va kitobsevar talabalar ishtirok etdilar.

Tadbir boshida M.Kenjayev xorijiy adabiyotlar haqida ma’lumotlar berib o‘tgan bo‘lsa, tadbir davomida K.Abdullayeva “Siz sevib o‘qigan asar va uning qahramoni qaysi?” savoli ostida baxs-munozaralar olib bordi. Talabalar yoqtirgan asarlari va asardagi qahramonlari to‘g‘risida fikrlarini bildirdilar.

Shuningdek, O‘.Xudayarov tomonidan yaqinda chop etilgan kitobi to‘g‘risida yig‘ilganlarga ma’lumotlar berildi. Faol qatnashgan talabalar tashakkurnoma bilan taqdirlandilar.

  

  

   


SamDAQI Axborot xizmati