“KELAJAKNI BIRGA QURAMIZ”: ILMIY AMALIY KONFERENSIYA

#konferensiya

O‘zbekiston Republikasi Qurilish vazirligi, Mirzo Ulg‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti, Samarqand viloyat kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi, Samarqand arxitektura-qurilish texnikumi hamkorligida bugun SamDAQI qoshidagi Samarqand arxitektura-qurilish texnikumida “Kelajakni birga quramiz” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘z ishini boshladi.

Dastlab konferensiyaning ochilish marosimidan oldin mehmonlar texnikum talabalarining ijodlari, innovatsion g‘oyalari va loyihalari bilan tanishdilar.

Konferensiyaning yalpi majlisini Samarqand arxitektura-qurilish texnikumi direktori A.G‘aniyev kirish so‘zlari bilan ochib berdi.

Tadbirda O‘zbekiston Republikasi Qurilish vazirligi Ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish va rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i A.Qo‘ldashev, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti v.v.b. rektori E.Isakov, Samarqand viloyat kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi boshlig‘i A.Nasimov konferensiya ishiga omad tilagan holda qatnashchilarga o‘z tabriklarini yo‘lladilar.

Shundan so‘ng SamDAQI Arxitektura fanlari bo‘yicha professori A.Uralovning “XXI asr arxitekturasida nanotexlogiyalarni qo‘llashning roli va o‘rni” hamda Olmaliq arxitektura-qurilish texnikumi direktori S.Mirzakarimovaning “O‘zbekistonda me’moriy yodgorliklarini ta’mirlash va qayta tiklashning dolzarb muammolari mavzusida ma’ruzalari tinglandi.

Ilmiy-amaliy konferensiya sho‘balarga bo‘lingan holda davom etmoqda.

#SamDAQI #SamAQT

  

  

  

  

   

  


SamDAQI Axborot xizmati