Institutda katta ilmiy xodim izlanuvchilar va mustaqil instituti faoliyati
Katta ilmiy xodim-izlanuvchilar instituti orqali ilmiy va ilmiy-pedagogik mutaxassislarni tayyorlash O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasini 2012 yil 28 dekabr 365-son qarori bilan tasdiqlangan, Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim to’g’risidagi NIZOM talablari asosida amalga oshirilmoqda.
Institutda ilmiy salohiyat 32,5 % ni tashkil etadi. Ilmiy darajaga ega bo’lgan professor-o’qituvchilarning o’rtacha yoshi 58 ni tashkil etadi. Ularning maqsadida har bir iqtidorli talabaga ilmiy mavzu berilib, ilmiy rahbar tayinlandi. Ishlab chiqarish va FA tarmog’idan yosh, iqtidorli mutaxassislar professor-o’qituvchilikka hamda ilmiy ishga jalb etilmokda.
Institutda fan doktorlarini tayyorlashga katta e’tibor berilayapti. Bugungi kunda institutda 15 ta fan doktorlar va professorlar faol ish olib bormokdalar.
Institutda 8 yo’nalish bo’yicha katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutibor. Katta ilmiy xodim-izlanuvchilarning ilmiy - tadqiqot ishlari natijalarni chop etish uchun har yili 4 marta nashr etiladigan "Me’morchilik va qurilish muommolari" jurnali faoliyat ko’rsatmoqda.
Har bir yilda 3-4 ta ilmiy konferensiyaning tezislari to’plamini chop etish yo’lga quyilgan, ulardan albatta 1 tasi Xalqaro miqyosda o’tkaziladi.
Katta ilmiy xodim-izlanuvchilarning xizmat safarlari, avtoreferatlarni chop etish, himoya xarajatlari uchun 2015 yilda 3768 ming so’m rejalashtirilgan.
Institutda iqtidorli yoshlarni qo’llab-quvvatlash maqsadida 2015 yil 9-10 iyun kuni institut miqyosida iqtidorli talabalar, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar va yosh olimlar ilmiy anjumani va iqtidorli talabalarning ilmiy ishlari tanlovi o’tkazildi.
O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta-maxsus ta’lim vazirligining buyrug’iga binoan 2015 yil uchun Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutiga quyidagi qabul kvotalari belgilangan edi.
Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida 2015 yil uchun katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutiga ixtisosliklar bo’yicha qabul ko’rsatkichlari
№
|
Ixtisoslik shifri
|
Mutaxassislik nomi
|
soni
|
1
|
01.02.04
|
Deformasiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi
|
1
|
2
|
01.02.05
|
Suyuqlik va gaz mexanikasi
|
1
|
3
|
05.09.01
|
Qurilish konstruksiyalari. Binolar va inshootlar
|
1
|
4
|
05.23.03
|
Issiqlik ta’minoti. Ventilyasiya, kondisionerlash. Gaz ta’minoti va yoritish
|
1
|
5
|
05.09.03
|
Suv ta’minoti. Kanalizasiya. Suv havzalarini muhofazalovchi qurilish tizimlari
|
1
|
6
|
11.00.06
|
Geodeziya. Kartografiya
|
1
|
7
|
18.00.01
|
Arxitektura nazariyasi va tarixi. Arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash va tiklash
|
2
|
8
|
18.00.02
|
Rayonlashtirish. Shaharsozlik. Qishloq turar joylarini rejalashtirish. Landshaft arxitekturasi. Bino va inshootlar arxitekturasi
|
2
|
|
Jami
|
|
10
|
Katta ilmiy xodim-izlanuvchilar instituti qabul haqida institutda va TAQI Urgench davlat universiteti, Jizzax politexnika instituti va boshqa bir qator institutlarga xabar va ommaviy axborot vositalarida e’lon berildi.
2016 yil uchun Katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutiga qabul qilish imtihonlari 2015 yil dekabr oyida uyushtirildi. Bu ixtisoslikliklar buyicha Katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutiga kirish uchun 7 ta hujjat topshirildi. Jami 5 kishi hisobot yilida Katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutiga tanlab qabul qilindilar.
2015 yilda 7 nafar professor-o’qituvchi mavjud yo’nalishlar buyicha doktorlik dissertasiyalari ustida mustaqil tadqiqotchilar asosida ilmiy izlanishlar olib olib bormoqda.
Institutda bajarilayotgan dissertasiyalarini ko’rib chiqish ilmiy seminari tashkil etilgan. Seminarning ish rejasi mavjud. U har oyda bir marta o’tkazilib turiladi. Seminarlarda kafedrada tayyorlanayotgan mustaqil tadqiqotchi va katta ilmiy xodim-izlanuvchilarning ilmiy ishlari va erishilgan ilmiy natijalari muhokamasi masalalari, shuningdek boshqa ilmiy jamoalarda erishilgan ilmiy ishlar ko’rib chiqiladi.