“Ittifoq kubogi”ning final o‘yini bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati Kengashi tashabbusi bilan “Quvnoqlar va zukkolar” o‘yininig Oliy ta’lim muassasasi talabalari o‘rtasida tashkil etilgan “Ittifoq kubogi”ning final o‘yini bo‘lib o‘tdi.

Bo‘lib o‘tgan yarim final o‘yinlaridan final bosqichiga yo‘l olgan Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining “MAROQANDLIK BOJALAR”, Samarqand davlat universitetining “ILHOM”, Samarqand davlat veterenariya meditsinasi institutining “MAROQAND”, “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro turizm universitetining“TURIST” hamda Samarqand iqtisodiyot va servis institutining “O‘ZBEGIM” jamoalari kubok uchun kurashishdi.

Hazil va yumorlarga boy bo‘lgan o‘yinda Samarqand iqtisodiyot va servis institutining “O‘ZBEGIM” va Samarqand davlat universitetining “ILHOM” jamoalari 1 o‘rinni, Samarqand veterenariya meditsinasi institutining “MAROQAND” jamoasi 2 o‘rinni egallashdi, institutimizning “MAROQANDLIK BOJALAR” jamoasiga esa 3 o‘ringa loyiq deb topildi.