Issiqlik-gaz ta'minoti, ventilyatsiya va servis kafedrasi

Kafedra mudiri: t.f.d., prof. Boboyev Sobirjon Muradullayevich

Qabul kunlari: Har kuni 14-00 dan 16-00 gacha (dushanba va shanbadan tashqari) 

Telefon:  +99890 224 05 75

E-mail: sm-boboyev@mail.ru

 

 

 

 

KAFEDRA TARIXI

     Mirzo Ulug’bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti “Injener iqtisod” fakultetining “Sanitariya texnikasi” kafedrasi 1967 yilda tashkil etilgan. Uning tarkibidan 1972 yilning dekabr oyida “Issiqlik-gaz ta’minoti va ventilyasiya” nomi bilan kafedra faoliyat ko’rsata boshladi. Birinchi kafedra mudiri t.f.n., dosent Bo’rliyev Qo’shmon Umarovich bo’lib, 1973 yil avgust oyidan 1980 yilgacha kafedra mudiri lavozimida ishlagan.
Kafedra tashkil yetilgan dastlabki yillarda katta o’qituvchilar: R.K.Tojiyev., X.P.Qurbonova., J.F.Gasanenko, assistentlar: I.S.Arzumanov., V.G.Ayriyants., S.A.Sa’dullayev., Sh.Abduraxmonovlar faoliyat ko’rsatdi.
SamDAQI da 1976 yilda ilk bor “Issiqlik-gaz ta’minoti va ventilyasiya” bo’yicha birinchi marta 18 nafar diplomli mutaxassislar tayyorlandi.
Ushbu yillarda bitirgan yosh mutaxassislar R.M.Maxmudov., Z.I.Xolmurodova., A.Usmonqulov., S.M.Boboyev., B.Yusupov., N.K.Jomonqulov., X.G.Xusanov., R.A.Aymatov., A.T.Almamedova., S.S.Xamidov., J.O’g’lonov., V.S.Ganiyev., F.X.Murodovlar iqtidorli talabalar sifatida maqsadli Kiyev injenerlar qurilish institutini 1976-1982 yillarda tamomlagan yosh mutaxassislar Oliy ta’lim vazirligining yo’llanmasi bilan kafedrada assistent lavozimida faoliyat ko’rsata boshladi.
     Keyinchalik “Issiqlik-gaz ta’minoti va ventilyasiya” mutaxassisligi bo’yicha yetuk malakali kadrlar tayyorlash maqsadida ishlab chiqarish va boshqa oliy ta’lim muassasalaridan: G.G.Grinenko., M.M.Eshmatov., J.J.Mamatqulov., V.N.Barov., L.S.Denisyuk., Ye.D.Drujkina., Q.Yu.Abdullayev., G’.Bebutov., K.Usmonov., L.Vaysberg., A. Abdusaidov., S.A.Amirov., N.Mirzayev., V.N.Isayevlar kafedraga professor o’qituvchilar sifatida qabul qilindi.
     Kafedrada mudirlik lavozimida turli yillar davomida quyidagi professor o’qituvchilar faoliyat ko’rsatganlar: Q.U.Bo’rliyev (1973 - 1980 yillar), J.J.Mamatkulov (1980 - 1982 yillar), G.G.Grinenko (1982 - 1988 yillar), A.U.Usmonqulov (1988 - 1992 yillar), S.M.Boboyev (1992-1997 yillar), J.J.Mamatkulov (1998 - 2000 yillar), R.A.Aymatov (2000 - 2006 yillar), S.M.Boboyev (2006-2007 yillar), Q.Yu.Abdullayev (2007-2009 yillar), R.M.Maxmudov (2009-2014 yillar), Sh.A.Usmonov (2014-1018 yillar) va hozirda kafedra mudiri lavozimida texnika fanlar doktori, professor Boboyev Sobirjon Muradullayevich rahbarlikni olib bormoqda.
Kafedraning nomi institutda mutaxassislar tayyorlash yo’nalishlariga qarab va kafedraning birlashtirilishi sababli:     “Muhandislik kommunikasiyalari qurilishi va ekologiya” (1996-2000 yillar), “Issiqlik-gaz ta’minoti, ventilyasiya va atrof muxit ximoyasi” (2001-2005 yillar), “Issiqlik, gaz ta’minoti va xayotiy faoliyat xavfsizligi” (2012–2015 yillar), 2015 yil aprel oyidan boshlab “Issiqlik-gaz ta’minoti, ventilyasiya va servis” nomi bilan faoliyat ko’rsatmoqda.
    Xozirgi kunda kafedrada t.f.d. professor S.M.Boboyev, f.m.f.d.dosent A.T.Xolmanov, t.f.n. professor Yu.K.Rashidov va t.f.n. dosentlar R.M.Maxmudov., K.Yu.Abdullayev., M.M.Eshmatov, U.Xolboyev, G’.Sh.Shukurovlar, O.Addullayevl, katta o’qituvchilar Z.I.Xolmurodova., Sh.A.Usmonov., R.R.Aymatov., O'.Xudayqulov, M.Axmedova, X.R.Burxonov, o’qituvchilar S.O. Qushoqov., S.Sh. Babanazarov., Sh.X. Taniberdiyev., O.X. Omonkulov., M.E. Toshtemirov, M.D.Uzboyev, A.I. Ismoilov., SH.Z.Yuzboyeva, U.Q.Yakubov stajyor o’qituvchilar , X.Nosirovlar faoliyat ko’rsatmoqdalar.
Professor-o’qituvchilar tarkibining aksariyat qismi o’z soxasining yetuk mutaxassilari, yetarli kasbiy malaka va pedagogik maxoratga yega bo’lgan ustoz murabbiylardir. Ilmiy darajali professor-o’kituvchilar saloxiyati 38% ni tashkil qiladi.


Kafedrada tayyorlanadigan bakalavr ta’lim yo’nalishlari:

  • 5340400-Muxandislik kommunikasiyalari qurilishi va montaji (Issiqlik gaz ta’minoti)
  • 5111000-Kasb ta’lim (Muxandislik kommunikasiyalari qurilishi va montaji)
  • 5610100-Xizmatlar sohasi (Uy-joy kommunal va maishiy xizmatlar) ta’lim yo’nalishilari bo’yicha bakalavrlar tayyorlanmoqda.

Kafedrada tayyorlanadigan magistratura mutaxassisligi:

  • 5A340403-“Issiqlik-gaz ta’minoti, ventilyasiya, havoni mo’tadillash va havo havzasini muhofaza qilish” mutaxassisliklar bo’yicha magistrlar tayyorlanmoqda.

Kafedrada tayyorlanadigan Katta ilmiy xodim izlanuvchi:

  • 05.09.03-“Issiqlik ta’minoti, ventilyasiya, kondisionerlash, gaz ta’minoti va yoritish”
  • 05.05.06-“Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari” ilmiy yo’nalishi bo’yicha uch nafar katta ilmiy xodim izlanuvchi faoliyat ko’rsatib kelmoqda. 

Ularning ilmiy ishlari natijalari ishlab chiqarishning turli soxalarida tadbiq etilib amaliy muammoli masalalar hal yetilishida  qullanilmoqda.

Kafedrada bakalavr yunalishi bo’yicha o’qitiladigan fanlar:

  1. Noananaviy yenergiya manbalaridan foydalanish
  2. Termodinamika
  3. Issiqlik texnikasi
  4. Bino va inshoatlar muhandislik jihozlari
  5. Gaz ta’minoti tizimlari
  6. Issiqlik ta’minoti tizimlari
  7. Ventilyasiya va havoni kondensasiyalash
  8. Gaz neft quvurlari Gaz neft omborlari
  9. Sanoat binolari ventilyasiya
  10. Muhandislik tarmoqlari va uskunalari
  11. Issiqlik ishlab chiqarish uskunalari
  12. Uy joy kommunal maishiy xizmat servis faoliyati

Magistratura mutaxassisligi bo’yicha o’qitiladigan fanlar:

  1. Ventilyasiya
  2. Gaz ta’minoti
  3. Isitish
  4. Issiqlik va gaz ta’minoti
  5. Havoni kondisiyalash

Kafedrada olib borilayotgan o’quv uslubiy ishlar:
    Kafedra bugungi kunda yuqorida sanab o’tilgan fanlarni o’qitish uchun zaruriy moddiy texnika va o’quv uslubiy bazasiga yega. Kafedra tasarrufida 2 ta dars o’tiladigan tayanch auditoriya, 2 ta laboratoriya xonasi, kompyuter bilan jixozlangan xonalar qayta ta’mirdan chiqarilib, yangi o’quv adabiyotlari, QMQ, normativ xujjatlar va boshqalar bilan jixozlangan. Bitiruv malakaviy va bosqich loyihalarini bajarish uchun uslubiyat xonasi chizma doskalar bilan jixozlangan. Shu xonada bosqich loyiha ishlaridan namunalar keltirilgan.
    Hozirgi kunda kafedrada shartnoma asosida Samarqand viloyat “Issiqlik manbai” DUK, “Me’morqurilish loyiha” MChJ, «Nafis» AJ, Samarqand viloyat bo’yicha gaz ta’minoti xududiy filali, “Samarqand magistral quvurlari” boshqarmasida o’qituvchi va talabalar ilmiy ishlarining natijalarini ishlab chiqarish jarayoniga tadbiq yetish maqsadida ishlar olib borilmoqda.
    Kafedrada taxsil olayotgan talabalarning amaliy bilimlarini oshirish maqsadida Samarqand viloyat “Issiqlik manbai” DUK, Samarqand viloyat bo’yicha gaz ta’minoti xududiy filali “Samarqandshaxargaz” korxonasida kafedraning filallari tashkil yetilgan bo’lib, talabalarning amaliy dars mashg’ulotlari sohaning yetuk mutaxasislari bilan birgalikda olib borilmoqda.
Kafedra professor-o’qituvchilari iqtidorli talabalar va magistrlar ishtirokida Samarqand viloyat “Issiqlik manbai” DUK va “Samarqandshaxargaz” korxonasi bilan ilm fan va ishlab chiqarish o’rtasidagi xamkorlik aloqa olib borish bo’yicha shartnomalar tuzilib, korxonalarning mavjud muammolarini yechimi bo’yicha ilmiy asoslangan ishlar olib borilmoqda.

Ish turi, nomi yoki mavzusi

Mas’ullar

1.

Quyosh energiyasidan issiq suvni tayyorlashda foydalanish va bu sohada issiqlik akkumulyatorlarining tutgan o’rni.

R.M.Maxmudov, X.G’.Xusanov., S.A.Amirov., Sh.Z.Yuzboyeva., S.Sh.Babanazarov., Sh.X.TaniberdiyevM.E.Toshtemirov., Z.X.Fayziyev

2.

Qurilish industriyasi sanoat pechlarida gaz yoqilg’isidan tejamkorli foydalanishni o’rganish

S.M.Boboyev., Q.Yu.Abdullayev, M.M.Eshmatov., Sh.A.Usmonov, R.R.Aymatov., M.D.Uzboyev., O.X.Omonkulov

 

 

    Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan institut ilmiy kengashida tasdiqlangan ikkita mavzu bo’yicha ilmiy ishlar olib borilmoqda.
Xozirgi kunda ushbu ilmiy ishlarni amalga oshirish bo’yicha kafedrada taxsil olayotgan magistrlarni jalb qilgan xolda 4 ta ilmiy g’oya va loyihalar ishlab chiqilda va Respublika IX – xududlararo innovasion yarmarkasida qatnashib kelmoqda.
    Kafedra tashkil yetilgandan buyon kafedra professor - o’qituvchilari tomonidan 200 dan ortiq o’quv – uslubiy qo’llanmalar va uslubiy ko’rsatmalar chop yetilgan. Oxirgi 3-yil davomida kafedra professor- o’qituvchilari tomonidan 30 ta o’quv - uslubiy ishlar chop yetilgan. Ushbu qo’llanmalar bosqich loyihalarini, bitiruv malakaviy ishlarini, tajriba mashg’ulotlarini bajarish va malakaviy amaliyotlarni o’tish uchun  muljallangan.
Undan tashqari kafedra professor- o’qituvchilari tomonidan o’tiladigan barcha fanlardan “O’quv uslubiy majmualar” yaratildi va xozirgi vaqtda fanlarni yelektron “moodel” tizimiga o’tkazish ishlari oxiriga yetkazilmoqda.
Kafedrada ta’lim olayotgan bitiruvchi talabalar 2018-2019 o’quv yilida 95 nafarni tashkil yetib, ular:

  • 5340400-Muxandislik kommunikasiyalari qurilishi va montaji (Issiqlik gaz ta’minoti) ta’lim yo’nalishi bo’yicha –55 nafar
  • 5111000-Kasb ta’lim (Muxandislik kommunikasiyalari qurilishi va montaji) ta’lim yo’nalishi bo’yicha – 10 nafar
  • 5610100-Xizmatlar sohasi (Uy-joy kommunal va maishiy xizmatlar) ta’lim yo’nalishi bo’yicha – 30 nafarni tashkil yetadi

Kafedra manzili: "D" blok, 207-227 Tel nomer:(94)182-55-88