“Is gazining zararli holatlari va uni keltirib chiqaruvchi omillar” mavzusidagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi
#suhbat
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti “Qurilishni boshqarish” fakulteti talaba yoshlari va “Hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi o’qituvchilari o‘rtasida “Is gazining zararli holatlari va uni keltirib chiqaruvchi omillar” mavzusidagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Davra suhbatini kirish so’zi bilan yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o‘rinbosari M.Eshmurodov ochib, talabalarga “Hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi professor-o’qituvchilarini tanishtirdi. Shundan so’ng “Hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi mudiri H.Razzoqov so’zga chiqib talabalarga is gazi haqidagi tushunchalarni berdi. “ — Uglerod oksidi rangsiz, ta’msiz, hidsiz zaharli gaz u yer yuzida energiyaning jadal ishlatilishidan yuzaga keluvchi, tabiatda eng ko‘p tarqalgan zaharlovchi gazlardan biridir. U qon tarkibidagi gemoglabin va kislorod tashuvchi eritrotsitlarni o‘zaro bog‘lab, kislorodning tana bo‘ylab harakatlanishini cheklaydi. Natijada inson hushini yo‘qotadi” – deydi.
Tadbir davomida talabalar “Qanday holatlarda is gazidan zaharlanish xavfi yuqori bo‘ladi? Tabiiy gazdan foydalanishda nimalar taqiqlanadi? Suyultirilgan gazdan foydalanishda nimalar taqiqlanadi?” kabi savollarga javob oldilar. Bundan tashqari talabalarga gazdan zaharlanganda birinchi yordam qanday ko‘rsatishi kerakligi haqida dastlabki tushunchalar berildi.
SamDAQI Axborot xizmati