Iqtidorli talabalar bilan ishlash
Barkamol avlodni tarbiyalash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga zarur shart-sharoitlarni yaratib berish davlatimiz siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan.
Oliy ta’lim muassasalarida iste’dodli va iqtidorli talabalar bilan ishlash hozirgi zamon talablariga javob bera oladigan malakali, raqobatbardosh, yuksak bilimli, mustaqil fikrlaydigan, o‘zi tanlagan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha mukammal bilimga ega bo‘lgan, muhandislik loyiha va ishlanmalar, innovatsion qurilish texnologiyalarini yaratishga qodir va yuksak ma’naviyatga ega bo‘lgan yuqori salohiyatli mutaxassislarni tayyorlash, milliy san’atimizning avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan boy madaniy merosi, bugungi salohiyati, yosh ijodkorlarni tarbiyalashda badiiy madaniyat, badiiy fikrlash tafakkurini yuksaltirish, shu bilan birga “Ustoz-shogird” an’anasini keng miqyosda rivojlantirish orqali yosh ijodkorlarni ijodiy bilimini kengaytirish hamda ijodiy faoliyatini takomillashtirish va rag‘batlantirishdan iborat.Bunga yaqqol misol sifatida Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti talaba-yoshlari erishayotgan yutuqlarni olish mumkin. Institutda iqtidorli talabalarimiz nufuzli tanlovlarda, jumladan: Yaponiyaning Yakogama shahrida 2018 yil fevral oyida bo‘lib o‘tgan “Bakalavr bitiruv malakaviy loyihalar” xalqaro tanlovida 8 nafar talaba 1-o‘rin, 11 nafar talaba 2-sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritishdilar. Rossiyaning Volgograd shahrida 2018 yil may oyida bo‘lib o‘tgan “ Ilmiy tadqiqot va asarlar” xalqaro tanlovida 2 nafar talaba 1-o‘rinni, 1 nafar talaba 2-o‘rinni, 1 nafar talaba 3-sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdilar. Italiyada 2018 yilda o‘tkazilgan “Tasviriy san’at g‘oyalari” xalqaro tanlovida arxitektura fakultetining 4-bosqich talabasi Samieva Nafisa diplom bilan taqdirlandi. SHuningdek talabalar olgan bilimlarni sinash maqsadida o‘quv seminarlarida va institut, respublika hamda xalqaro miqyosida tashkil etilgan ilmiy-amaliy anjumanlarda o‘zlari olib borayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari yuzasidan maqola va tezislar bilan ishtirok etib kelishmoqda. 2018 yilda iqtidorli talabalar tomonidan xalqaro va respublika konfrensiya va jurnallarida 260 dan ziyod maqola va tezislar chop etilgan.
2018-2019 o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat stipendiyalari tanlovida Axmedova Madina va Samieva Nafisalar Beruniy nomli Davlat stipendiyasi va Olimova Odina Islom Karimov nomli Davlat stependiyalari tanlovi g‘olibi bo‘ldilar. Bundan tashqari 2018-2019 o‘quv yili institutning ilk rektorlari nomiga ta’sis etilgan stipendiyalardan 7 nafar talaba R.R Abdurasulev, 7 nafar talaba akademik T.SH.SHirinqulov nomidagi stependiya sovrindorlari bo‘lishdilar.
2018 yil may oyida Samarqandda o‘tkazilgan “Yangi asr iste’dodlari 2018” respublika ko‘rik tanlovida institutimizdan iqtidorli talabalar ishtirok etishib, 9 nafari 1-o‘rin, 14 nafari 2-o‘rin, 20 nafari 3-o‘rinlarni egallashdilar.
Yurtimizda iste’dodli yoshlarimizni qobiliyatlarini yuzaga chiqarish va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan Start Up loyihasida institutning iqtidorli arxitektura fakulteti 3 bosqich talabalari Hamroyev Sanjar va Rajabboyev Azamatlar qatnashib loyiha g‘olibi bo‘ldilar.
Iqtidorli talabalarimiz sport sohasida ham katta yutuqlarga erishdilar. Karate bo‘yicha xalqaro sport musobaqalari Evro Osiyo chempionati va Jahon chempionatida qurilish fakulteti talabalaridan Toshniyozov Muhammadxon 1-2 va 3 o‘rin, Respublika sport musobaqalarida karate bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida 1-o‘rinlarni egalladi. Eshmirzayev Fayozbek karate bo‘yicha xalqaro sport musobaqasida 2-o‘rinni egalladi. “5th international open karate championship KL mayors cup” turnirida Bozorov Elyor 2-o‘rinni egalladi hamda spark avtomobili bilan taqdirlandi. Karate bo‘yicha respublika sport musobaqalarida Kiokushinkay karateda N.Omonov 1-o‘rin, O‘zbekiston chempionatida A.Narzullaev 3-o‘rin, O‘zbekiston ochiq kubogi sinxron so‘zish bo‘yicha Stepanova Anastasiya 2-o‘rinlarni egallashdilar.
2018 yil “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash” yilida ushbu nom shiori ostida 2018 yilda qator loyihalar, ko‘rik tanlovlar rejalashtirildi hamda o‘tkazildi. Jumladan institutda o‘tkazilgan “Ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyada innovatsion texnologiyalarni qo‘llash-mamlakat taraqqiyotining muhim omili” mavzusidagi XV respublika ilmiy-texnik konfrensiya doirasidagi “ Yoshlarning innovatsion g‘oyalari” tanlovida faol ishtiroki uchun 5 nafar talaba I-darajali, “ Eng yaxshi innovatsion g‘oya” nominatsiyasida 4 nafar talaba I va II-darajali va “Eng yaxshi ilmiy ishlanma” nominatsiyasida 3 nafar talaba I va II-darajali diplomlar bilan taqdirlandilar. Bundan tashqari 35 nafar talabalarga faol ishtiroklari uchun tashakkurnomalar topshirildi.
2018 yilda 25 nafardan ziyod iqtidorli talabalar xalqaro konferensiya va jurnallarida 30 dan ziyod maqola va tezislar chop ettirdilar. 180 nafardan ziyod iqtidorli talabalar respublika konferensiyalari va jurnallarida 230 ta maqola va tezislar chop ettirdilar.
Institutda iqtidorli talabalarni ilmiy - tadqiqot ishlariga jalb qilish maqsadida 38 ta ilmiy to‘garaklar mavjud bo‘lib 560 nafardan ortiq talaba yoshlar jalb qilingan va ITI (ilmiy tadqiqot ishlari) bo‘yicha faoliyat olib bormoqdalar.
Yuqorida sanab o‘tilgan yutuqlar faqatgina yoshlarimizning emas balki ularga ta’lim tarbiya va yo‘nalishlar berib kelayotgan ustozlarning ham xizmati va yutug‘idir. Shu barobarida yuqoridagi muvaffaqiyatlardan ilhom olgan holda kelgusida ham institutimiz talabalari bundanda yuqoriroq natijalarga erishadilar deb hisoblaymiz.