Investitsiya va innovatsiya – davr talabi
2019 yil Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yiliga bag‘ishlab O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 25 fevraldagi 133-F-sonli Farmoyishi hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2019 yil 4 martdagi 126-son buyrug‘iga muvofiq Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida “Qurilishda menejment” kafedrasi tomonidan 2019 yil 17-18 may kunlari “Iqtisodiyotni liberallashtirish sharoitida investitsion-qurilish va innovatsion jarayonlarni tashkil qilish va boshqarishning dolzarb muammolari” mavzusidagi Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi.
Anjuman ishida 140 ta ilmiy maqola bilan 307 nafar olimlar ishtirok etdilar. Anjumanga tushgan maqolalar asosida ikkita kitobdan iborat to‘plam chop etildi. Shuningdek, Moskva davlat qurilish universiteti, Sankt-Peterburg davlat arxitektura-qurilish universiteti, Sankt-Peterburg davlat sanoat texnologiyalari va dizayn universiteti, Rossiya kooperatsiya instituti Ijevsk filiali olimlari 5 ta ilmiy maqolalarini taqdim etdilar.
Anjuman ishida Samarqand viloyat arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i B.A.Nazarov, “Qishloq qurilish invest” MChJ Samarqand viloyat filiali rahbari S.E.Ziyadullaev, Samarqand viloyati hokimligi Injiniring kompaniyasi rahbari o‘rinbosari T.Eshonqulov hamda respublikamizning etakchi OTMlarining professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.
Respublika ilmiy-amaliy anjuman natijasi bo‘yicha ilmiy-innovatsion tavsiyalar ishlab chiqildi. Ushbu tavsiyalar kelajakda investitsion jarayonlarni jadallashtirish hamda innovatsion boshqaruv tizimlari va usullarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Buriev X.T. Qurilishda menejment kafedrasi mudiri