Institutning asosiy vazifalari
II. Institutning asosiy vazifalari
2.1. Institutning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikasion texnologiyalarni qo’llash asosida bozor iqtisodiyoti talablariga mos raqobatbardosh, yuqori malakali kadrlar tayyorlash;
- shaxsning intellektual, madaniy va ma’naviy - ahloqiy kamol topishiga bo’lgan ehtiyojlarini oliy ta’lim va oliy ta’limdan keyingi ma’lumot olishi orqali erishishni qondirish;
- har tomonlama rivojlangan va sodiq shaxsni, mustaqil davlat fuqarosini, o’z Vatani fidoyisi, xalq, jamiyat va oila oldidagi o’z mas’uliyatini his qiluvchi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qiluvchi, halq an’analarini boyituvchi va mustahkamlovchi, Vatanimiz kelajagi uchun vijdonan va halol mehnat qiluvchi etib shakllantirish;
- ilmiy-pedagogik xodimlar va ta’lim oluvchilarning tadqiqotlari va ijodiy faoliyatlari orqali fanni taraqqiy ettirish, olingan natijalardan ta’lim va iqtisodiy islohatlar jarayonlarida foydalanish;
-iqtisodiyotning muvofiq sohalaridagi oliy ma’lumotli mutaxassislarni, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari ilmiy - pedagogik kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
- jamiyatning ahloqiy, madaniy va ilmiy qadriyatlarini saqlash va boyitish;
- aholi o’rtasida bilimlarni tarqatish, uning ma’naviy-ma’rifiy va madaniy darajasini oshirish;
- byudjet va byudjetdan tashqari mablag’lardan oqilona foydalanish asosida o’quv va ilmiy-tadqiqotlarning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish;
- talabalar va xodimlarni ijtimoiy himoya qilish, ularga moddiy yordam ko’rsatish.