Institutni boshqarish
VI. Institutni boshqarish
6.1. Institutni boshqarish O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi hamda ushbu Ustavga muvofiq yakka rahbarlik va oliy ta’lim muassasasining Kengashi, Vasiylar kengashi orqali jamoatchilik boshqaruvini uyg’unlashtirish tamoyili asosida amalga oshiriladi.
6.2. Institutni bevosita boshqarish O’zbekiston Respublikasi Prezidentning 1992 yil 9 mart 137-f farmoyishida belgilangan tartib asosida tayinlanadigan rektor tomonidan amalga oshiriladi.
Rektor oliy ta’lim muassasasi faoliyatiga, shuningdek, Institutning Ustavi, Ichki tartib va odob-ahloq qoidalari, Oliy ta’lim to’g’risidagi Nizom hamda mazkur Ustavda belgilangan majburiyatlar uchun to’la mas’uldir.
Rektor O’zbekiston Rsspublikasi qonunchiligiga muvofiq Institut nomidan ishonchnomasiz ish olib boradi, barcha idoralar, muassasalar, korxonalarda uning vakili sifatida qatnashadi, Institutning mol-mulkiga mas’ullik qiladi, shartnomalar tuzadi, ishonchnomalar beradi, bank muassasalarida oliy ta’lim muassasasi Institutning hisob raqamlarini ochadi, moliyaviy mablag’lardan o’rnatilgan tartibda foydalanish bo’yicha farmoyishlar beradi.
Rektor Institutning vakolati doirasida:
- Institutning barcha xodimlari, talabalari va boshqa ta’lim olayotganlar uchun majburiy bo’lgan buyruqlar chiqaradi va topshiriqlar beradi;
- bo’ysunuvchi vazirlik (idora) bilan kelishilgan holda fakultet dekanlari va bosh buxgalterni lavozimiga tayinlaydi hamda lavozimidan ozod qiladi;
- Institut prorektorlari lavozimiga nomzodlarni tavsiya etadi va prorektorlar, dekanlarning muayyan vazifalari hamda mas’uliyatlarini belgilaydi;
- Institut xodimlarini O’zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda mehnat shartnomasi tuzadi va bekor qiladi;
- Institut tarkibiga kirgan ilmiy tadqiqot, tajriba-eksperimental hamda boshqa tashkilot va bo’linmalarning vazifalarini belgilaydi va ular to’g’risidagi nizomlarni tasdiqlaydi;
- Institut xodimlarining lavozim maoshlariga har oylik ustamalar va qo’shimchalarni belgilaydi;
- kasaba uyushma qo’mitasi yoki Institutning boshqa vakolatli organi bilan kelishgan holda Ichki tartib va odob-ahloq qoidalarini tasdiqlaydi;
- Institutda Namunaviy shtat birliklariga muvofiq ajratilgan mablag’lar hamda ish haqi fondi, tasdiqlangan oliy ta’lim muassasasi Institut xodimlarining soni va lavozim maoshlari, tarif setkasi doirasida Institut professor - o’qituvchilari tarkibi va Institut xodimlarining shtat birligini tasdiqlaydi hamda lavozim maoshlarini belgilaydi;
- Institut Kengashining tavsiyasiga ko’ra o’rnatilgan tartibda tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq fakultetlarni, kafedralarni ochish yoki yopish qarorlarini tasdiqlaydi.
“Oliy ta’lim muassasasi kafedrasi to’g’risidagi nizom” talablaridan kelib chiqqan holda Institut Kengashining tavsiyasiga ko’ra kafedralar tashkil etiladi yoki tugatiladi.
Institut rektoriga o’zi ishlayotgan oliy ta’lim muassasasi va undan tashqarida haq to’lanadigan boshqa rahbarlik lavozimida (ilmiy va ilmiy - metodik rahbarlikdan tashqari) o’rindoshlik bo’yicha ishlashga ruxsat etilmaydi. Rektor o’z vazifalarini o’rindoshlik bo’yicha bajarishi mumkin emas.
6.3. “Oliy ta’lim to’g’risidagi Nizom”ga muvofiq Institut faoliyatining asosiy masalalarini ko’rish uchun Kengash tashkil etiladi.
Kengash tarkibiga rektor kiradi va Kengash raisi hisoblanadi, prorektorlar, fakultetlar dekanlari hamda kafedralar mudirlari, bo’lim boshliqlari, shuningdek, talabalar va Institut xodimlari, kasaba uyushmasi kengashi vakillari kiradi. Kengashning boshqa a’zolari umumiy majlisda (konferensiyada) yashirin ovoz berish yo’li bilan saylanadi. Professor-o’qituvchilar tarkibidan Kengashga saylanadiganlar soni rektor buyrug’i bilan belgilanadi.
Kengashning vakolati, uni saylash va faoliyat yuritish tartibi, ta’limni boshqarish bo’yicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasasining Kengashi to’g’risidagi Nizom” bilan belgilanadi.
6.4. Institutda Vasiylar kengashi oliy ta’lim muassasasi Institutni boshqaruvchi jamoatchilik organi tashkil etiladi va uning tarkibiga muassis-vazirliklar, mahalliy hokimiyat, ishbilarmon doiralar, jamoatchilik tashkilotlari, jamg’arma va vasiylar, boshqa ta’lim muassassalarining vakillari kiradi.
Vasiylar kengashining tarkibi, vakolatlari, shakllantirish tarkibi va faoliyati “Vasiylar kengashi to’g’risidagi Nizom” bilan belgilanadi.
6.5. Institutda kasaba uyushmalari va boshqa jamoatchilik tashkilotlari faoliyat ko’rsatadi. Talabalar va xodimlar manfaatlarini himoyalashni (xodimlar va talbalarning vakillari sifatida Institutda saylangan organlari amalga oshiradi. Talabalar va xodimlarni vakolat organlarining huquqlari va ularga nisbatan oliy ta’lim muassasasi Institut ma’muriyatining majburiyatlari quyidagilardir:
- xodimlar vakillik organlarining huquqlariga rioya qilish, ularning faoliyatiga ko’maklashish;
- xodimlarning manfaatlariga taalluqli qarorlar qabul qilishdan oldin ularning vakillik organlari bilan maslahatlashish, mehnat to’g’risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda ko’rsatilgan hollarda esa, - ularning roziligini olish;
- xodimlar vakillik organlarining takliflarini o’z vaqtida ko’rib chiqish va qabul qilingan qarorlar haqida ularga yozma ravishda asosli javob berish;
- xodimlarning vakillik organlari a’zolarini korxonaga, manfaatlari ifoda etilayotgan xodimlarning ish joylariga moneliksiz qo’yish;
- xodimlarning vakillik organlariga mehnat, Institut faoliyati masalalariga va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga doir axborotni tekin berish;
- xodimlarning vakillik organlariga o’z vazifalarini bajarishlari uchun zarur sharoit yaratib berish;
- xodimlarning vakillik organlariga nisbatan mehnat to’g’risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajarish.
Amaldagi nizomlarga muvofiq Institutda ilmiy va ixtiyoriy jamiyatlar, ilmiy-uslubiy, ilmiy-texnik kengashlar va komissiyalar, yosh olimlar kengashi va boshqalar tashkil etilishi mumkin.
Rektorat va Kengash o’z faoliyatida Institut jamoatchilik tashkilotlarining tavsiyalarini ko’rib chiqadi va o’z faoliyatlarida ularni hisobga oladi.
6.6. Institut fakultetini O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda rektor tomonidan tayinlanadigan dekan boshqaradi.
Fakultet dekani o’z faoliyatida “Oliy ta’lim muassasasining fakulteti to’g’risidagi Nizom”ga amal qiladi.
“Oliy ta’lim muassasasining fakulteti to’g’risidagi Nizom”ga muvofiq fakultetda Kengash tashkil etilishi mumkin.
Kengashning tarkibi, vakolatlari, shakllantirish va foaliyatining tartibi “Oliy ta’lim muassasasi fakultetining Kengashi to’g’risidagi nizom” bilan belgilanadi.
Kafedra faoliyatiga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Nizomga muvofiq tanlov asosida Institutning Kengashi tomonidan saylanadigan mudir rahbarlik qiladi.
Kafedra mudirining vakolatlari va kafedra faoliyatining tartibi “Oliy ta’lim muassasasining kafedrasi to’g’risidagi nizom” bilan belgilanadi.