institutining bir nechta professor-o‘qituvchilari ilm sohasida ilmiy unvon va darajalarni qo‘lga kiritdilar

Mirzo ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining bir nechta professor-o‘qituvchilari ilm sohasida ilmiy unvon va darajalarni qo‘lga kiritdilar.

Institut rektori Chidem Janbay xonim tomonidan yutuqlarga erishgan professor-o‘qituvchilar e’tirof etildi va diplom hamda attestalar o‘z egalariga topshirildi.

Doniyor Ochilovich Jurakulovga “Yer tuzish, kadastr va yer monitoringi” ixtisosligi professor ilmiy unvoni, Turkman Esanovga “Tasviriy va amaliy bezak san’ati” ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvoni, Obidjon Toirjonovich Otamuratovga “Informatikaning nazariy asoslari” ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvoni, Malika Asatullayeva Axmedovaga texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasi, Sanjar Abdulahadovich Rahimovga “Iqtisodiyot” fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasi berildi.

SamDAQI professor-o‘qituvchilari nomidan yutuqlarga erishganlarni jamoa nomidan muborakbod etamiz! Kelgusi ilmiy ishlari hamda professional kasbiy faoliyatlarida zafarlar tilaymiz!


 

   

  

  

SamDAQI Axborot xizmati