institutda kredit-modul tizimini qoʻllash haqida

Mirzo Ulugʻbek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti oʻquv ishlari boʻyicha prorektori topshirigʻi boʻyicha, institutda kredit-modul tizimini qoʻllash haqida talabalar uchun, oʻquv uslubiy boshqarma tomonidan seminar-treninglar tashkil etildi.

2021-2022 oʻquv yilida oʻqishga qabul qilingan 1 bosqich talabalari bilan fakultetlar kesimida uchrashuvlar tashkil etildi va “Oliy taʼlim muassasalarida oʻquv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom” bilan mufassal tanishtirildi.

 

 

  

  


SamDAQI Axborot xizmati