INSTITUT KENGASHINING 5-SONLI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI

#SamDAQI #Kengash

Joriy yilning 18 may kuni Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti Kengashining 5-sonli yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda dastlab an’anaga aylangan professor-o‘qituvchilik faoliyatida erishgan yutuqlari hamda bir qancha talabalar tanlovlarda erishgan yutuqlari institut ma’muriyati tomonidan e’tirof etilib diplom hamda ilmiy unvorlari tantanali ravishda topshirildi.

Tantanali marosimlardan so‘ng 5-sonli institut kengashida bu gal quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:
institutda moliya-iqtisod sohasida 2020 yilda amalga oshirilgan ishlar va 2021 yildagi dolzarb vazifalari to‘g‘risida institut moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor Adham Rajabovning, institutning masofaviy ta’lim tizimiga mo‘ljallangan mt.samgasi.uz portalida olib borilayotgan ishlar haqida o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor v.b. Umarali Nazarovning, chet el loyihalari, davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida va xo‘jalik shartnomalari asosida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari holati to‘g‘risida ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i Usmon Xushvaqtovning ma’ruzalari tinglandi.

Shuningdek, kun tartibiga ko‘ra kafedralar kesimida kafedra mudirligi lavozimiga tanlovlar amalga oshirildi, intsitut Kengash a’zolari ovozlariga ko‘ra nomzodlar kafedra mudirligiga tasdiqlandi.

  

  

  

 

  

   

  


SamDAQI Axborot xizmati