Insonni ilm ulugʻlaydi degan xalqimizda hikmatli gap bor
Insonni ilm ulugʻlaydi degan xalqimizda hikmatli gap bor. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi “Oʻzdavyerloyiha” ilmiy loyihalash instituti ham oʻzining faoliyat mezonini fan, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasini taʼminlashga qaratib kelmoqda.
Jumladan, institut bosh direktori, qishloq xoʻjaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim R.A.Toʻrayev tomonidan 1 oktabr — “Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan bir guruh professor-oʻqituvchilar sohada malakali kadrlar tayyorlashga qoʻshgan hissasi uchun taqdirlandilar.
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida boʻlib oʻtgan taqdirlash marosimida, institutning hududiy boʻlinmasi boshligʻi Z.X.Isoqov “— Har birimizni kamolot pillapoyalari sari yetaklagan, ilm-fan va innovatsion faoliyat uygʻunligini taʼminlagan siz ustozlar uzoq yillar qadr topishga munosibsizlar” - deya bosh direktor R.A.Toʻrayevning tabrik soʻzlari, tashakkurnomalari va esdalik sovgʻalarini yetkazdi.
SamDAQIdan taqdirlanganlar orasida institutning “Bino va inshootlar kadastri” kafedrasi mudiri, sohada uzoq yillar mehnat qilgan, texnika fanlari nomzodi, dotsent Doniyor Ochilovich Juraqulov, katta oʻqituvchilar Lazizbek Toshpo‘lat oʻgʻli Ibragimov va Nurali Shermatovich Umarovlar yuksak eʼtibor uchun “Oʻzdavyerloyiha” ilmiy loyihalash instituti jamoasi va bosh direktori Ruhiddin Amirqulovich Toʻrayevga samimiy minnatdorchilik bildirdilar.
SamDAQI Axborot xizmati