SOVRINDOR TALABALARNING ILMIY RAHBARLARI MUNOSIB TAQDIRLANDILAR

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining “2020 yilda Oliy ta’lim muassasalari talabalari respublika onlayn fan olimpiadasini tashkil qilish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi xatiga asosan respublikada onlayn olimpiadadan 20 ta fan bo‘yicha 162 nafar iqtidorli talabalar online ro‘yxatdan o‘tib, yakuniy natijalarga ko‘ra Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti talabalari munosib o‘rinlarni egalladilar. Jumladan 7 nafari birinchi o‘rinni, 10 nafari ikkinchi o‘rinni va 3 nafar talabalarimiz uchinchi o‘rinlarni egallab viloyat kesimida birinchi, Respublika OTMlari kesimida 8 o‘rinni egallagan edilar.

Su munosabat bilan Ilmiy ishlar va innovatsilar bo‘yicha prorektor E.Isakov hamda institut kasaba xodimlar va talabalar boshlang‘ich kasaba uyushmasi tomonidan sovrindor talabalarning ilmiy rahbarlari munosib taqdirlandilar.



 

Shuningdek institut Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Farog‘at Qosimova OTMlari o‘rtasida o‘tkazilgan respublika online fan olimpiadasida faol ishtiroki uchun Oily va o‘rta maxsus ta’lim vaziri tomonidan FAXRIY YORLIQ bilan taqdirlandi.



 


SamDAQI Axborot xizmati