Ijtimoiy fanlar
Kafedra mudiri: falsafa fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD),
dots. Quldoshev Asliddin Tursunovich
Qabul kunlari: Har kuni 13-00 dan 15-00 gacha (dushanba va shanbadan tashqari)
Telefon: (91) 539-39-88
E-mail: asli-0708@mail.ru
Kafedra tarixi
Ijtimoiy - gumanitar fanlari Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti bilan bir vaqtda “Ijtimoiy fanlar” nomi bilan kafedra sifatida 1966 yilda o’z faoliyatini boshlagan.
“Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o‘z taraqqiyoti davomida bir necha bor kafedra tizimida amalga oshirilgan strukturaviy o‘zgarishlar sodir bo’lgan.
2018 yil 01 noyabrdan institut rektorining buyrug’i bilan “O’zbekiston tarixi” va “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi birlashtirilib, “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi deb nomlandi.
Kafedra mudirligiga falsafa fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), dots. Quldoshev Asliddin Tursunovich tasdiqlandi.
Kafedra tarkibida jami 21 nafar professor-o‘qituvchilardan iborat. Shulardan, 3 nafari o‘rindoshlik asosida faoliyat olib bormoqdalar.
“Ijtimoiy fanlar” kafedrasining ilmiy potensiali quyidagicha 1-ta falsafa fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), 1- tarix fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), 1-ta siyosiy fanlar bo’yicha falsafa doktori (PhD) 6-ta fan nomzodi, dotsent, 7-ta katta o‘qituvchi va 5-ta o‘qituvchi, 1 nafar kabinet mudiridan iborat.
Turli yillarda quyidagi olimlar kafedra mudiri vazifasini bajarganlar:
professor Saloxiddinov F.Z-1972-1973 yillar;
dotsent G’afurov N.G-1973-1974 yillar;
dotsent Sodiqov S.A-1974-1978 yillar;
dotsent Zubaydullayev Z.U-1978-1988 yillar;
dotsent Tolipov D.Z-1988-1990 yillar;
dotsent Norov S.N-1990-1996 yillar;
professor Axadov Sh.A-1996-2002 yillar;
dotsent Muxammadiyev A.B-2002-2005 yillar;
professor Axadov Sh.A-2005-2009 yillar;
dotsent Safarov A.I-2009-2018 yillar .
falsafa fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), dots. Quldoshev Asliddin Tursunovich 2018-yildan buyon “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.
Kafedra professor-o‘qituvchilar o’z ilmiy faoliyatida turli ijtimoiy-falsafiy muammolar ustida ilmiy tadqiqot ishlari olib bormoqdalar. Hozirgi vaqtda kafedrada "Yoshlarni milliy istiqlol g’oyalari ruhida tarbiyalashning falsafiy asoslari” hamda “O’zbek xalqining ma’naviy hamda madaniy rivojlanish muammolari va holati” mavzulari yo’nalishida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Ilmiy tadqiqot sohasida 2018 yilda katta o‘qituvchi Quldoshev Asliddin Tursunovich “Xalqaro ekologik ijtimoiy-siyosiy munosabatlarning globallashuvi va uni boshqarish xususiyatlari” mavzusida dissertatsiyasini muvafaqqiyatli himoya qilib, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini oldi. 2020- yilda katta oqituvchi U.J. Xudayarov “Sovet ittifoqi davrida Ozbekiston aholisining milliy va ijtimoiy tarkibida sodir bo’lgan o’zgarishlar tarixi (1925-1991 y) mavzusida dissertatsiyasini muvoffaqiyatli himoya qilib tarix fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini oldi. 2020 yil oktyabr oyida katta o’qituvchi B.B. Rasulov “O’zbekistonda davlat organlari faoliyati ochiqligini ta'minlashda nodavlat notijorat tashkilotlari ishtirokini rivojlantirish mexanizmlari ” mavzusida dissertatsiyasini muvoffaqiyatli himoya qilib siyosiy fanlar bo’yicha falsafa doktori ilmiy darajasini oldi.
Maqsadlarimizni samarali tarzda hayotga tatbiq etish uchun kafedra professor o’qituvchilari tomonidan o’qitilayotgan fanlardan ma’ruza matnlari, o’quv – uslubiy majmualar, ishchi o’quv dasturlari va qator uslubiy ko’rsatmalar, tavsiyalar yaratilib kelinmoqda. Jumladan, o’tgan 4 yil davomida kafedra o’qituvchilari tomonidan 2 ta monografiya, 10 dan ortiq o’quv-uslubiy qo’llanma va 70 dan ziyod ilmiy va o’quv- uslubiy ishlar chop ettirildi.Shu davr ichida kafedra o’qituvchilari kafedra tarkibida o’qitiladigan fanlarning ta’lim tarbiyaviy mavqeini oshirib borib, milliy istiqlol g’oyalarini talaba yoshlar ongiga singdirish, asosida insonparvarlik, vatanparvarlik, millatparvarlik va erkparvarlik g’oyalarini yoshlarimiz e’tiqodiga, ular turmush tarzining asosiy tamoyillariga aylantirishga alohida e’tibor qaratib kelmoqdalar.Kafedrada ko’p yillardan buyon faoliyat yuritib kelayotgan «Debat», “Bilim va amal”, “Islomiy qadriyatlar” ilmiy va ijodiy klub va to’garaklarida talaba-yoshlarni ijtimoiy-siyosiy bilim saviyasini oshirishga, ularni mustaqil dunyoqarashi va ma’naviy-qiyofasini shakllantirishga xizmat qilib kelmoqda. Bu klub va to’garaklarda talaba-yoshlar bilan bugungi jamiyatimizda dolzarb bo’lib kelayotgan bir qator mavzularda uchrashuvlar, bahs - munozaralar o’tkazilib kelinmoqda.Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan O’zbekiston Respublikasi qonunlari, hukumat qarorlari hamda Prezident Shavkat Mirziyoevning asarlari, ma’ruza va nutqlarining ulardagi g’oyalar hamda mamlakat yoshlari uchun dasturi amal bo’ladigan manbalar va yo’riqlar bilan bevosita tanishtirib, ularning mazmun-mohiyatini doimiy ravishda keng jamoatchilik va institut talaba-yoshlari orasida targ’ibot va tashviqot qilish borasida institutning “Targ’ibot” guruhining viloyat va shahar miqiyosidagi faoliyatida qatnashib kelmoqda.Shuningdek, Respublika ma’naviyat targ’ibot markazi viloyat bo’limi, “Oila” ilmiy-amaliy markazi viloyat bo’limi va bir qator davlat va nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalari o’rnatilgan.Kafedraning ilmiy imkoniyatlari keng va serqirra bo’lib, ular ilovada keltirilgan jadval va lavhalarda o’z aksini topgan.
Kafedrada o’qitilayotgan fanlar:
№
|
Fan nomi
|
|
-
|
Falsafa
|
Bakalavr bosqichi talabalariga
|
2
|
O’zbekistonning eng yangi tarixi
|
3
|
O’zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyati
|
4
|
Iqtisodiyot nazariyasi
|
5
|
Iqtisodiy ta’limotlar tarixi
|
6
|
Shaharsozlik va uy joy kodeksi
|
7
|
Qurilishda qonunchilik
|
|
|
8
|
Ilmiy tadqiqot metodologiyasi
|
Magistratura bosqich talabalariga
|
Kafedra “Yo’l xaritasini” amalga oshirishda “2017-2021 yillarda O’zbekiston Respulikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi”da belgilangan vazifalardan kelib chiqib, ijtimoiy fanlarning ta’sirchanligi mavqeini mustahkamlab, talabalarning ushbu fanlarga qiziqishini yanada orttirish nazarda tutilgan. Shu ma’noda bunyodkorlik, erkparvarlik va insonparvarlik asoslariga qurilgan milliy g‘oyalarimizni talaba-yoshlarimiz ongiga singdirish, falsafiy mushohada madaniyatini tarbiyalash va mustahkamlash negizida dahldorlik hissini shakllantirishni kafedramiz professor-o‘qituvchilarning asosiy vazifa qilib belgilab olganlar.