"Dizayn" ta'lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun ijodiy imtihonlar boshlandi

#ijodiy2021 #Abituriyent2021
#SamDAQI #dizayn

Joriy yilning 2 avgustida Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida "Arxitektura" fakultetining "Dizayn" ta'lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun ijodiy imtihonlarning birinchi kuni bo‘lib o‘tdi. 

Abituriyentlar karantin qoidalariga amal qilgan holda belgilangan vaqt bo‘yicha rang tasvir hamda chizmachilik fanlari bo‘yicha ijodiy imtihonlarni topshirmoqdalar.

 

 

  

 

  

 

Kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlaridan fotoreportaj.
Rang tasvir. 1-kun, 1-guruh.

 

 

  

 

Kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlaridan fotoreportaj.
Chizmachilik fani. 1-kun, 1-guruh.

 

Imtihon jarayonlarida jamoatchilik va OAV vakillari ham faol ishtirok etishmoqda.

 

  

  

Kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlaridan fotoreportaj.
Baholash jarayonlari. 1-kun, 1-guruh.

Ma'lumot uchun: ijodiy ishlar, maxsus komissiya tomonidan shifrlangan bo‘lib, shaffoflikni ta'minlash maqsadida baholash jarayonlari to‘liq videotasvirga yozib olindi.

Ijodiy imtihon javoblarini rasmiy sahifalarimizda shu kunning o‘zidayoq e'lon qilinmoqda.

 

Eslatma: “Dizayn: landshaft dizayni”, “Dizayn: interyerni loyihalash” ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan abiturientlarning ota-onalari 2021-2022 o‘quv yili uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar 2-4 avgust kunlari grafik asosida bo‘lib o‘tayorgan imtihonlarni O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining 2-son bayoniga asosan abiturientlarning ota-onalari va yaqinlari kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkaziladigan manzillarda to‘planishining oldini olish maqsadida barcha ma’lumotlarni www.samgasi.uz veb-sayti va telegram ijtimoiy tarmog‘idagi SamDAQI Rasmiy kanali (https://t.me/samdaqi_uz)dan olishlari mumkin. 

Bundan tashqari kasbiy (ijodiy) imtihonlarni bevosita onlayn tarzda ko‘rish uchun http://imtihon.edu.uz/ sayti orqali ulanib kompyuter va smartfonlarda bemalol kuzatishlari mumkin.


 

SamDAQI Axborot xizmati