“Hujradagi zulmat” nomli film namoyish etildi
2018 yil 6-10 sentabr kunlari viloyat hokimligining 2018 yil 31 avgustdagi 08-08-1674-sonli xatiga asosan talaba-yoshlarni turli yot g‘oyalar ta’siridan ogoh etish, o‘sib kelayotgan avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yoshlarni ezgu ishlarga da’vat qilish hamda ularning ota-onalarini farzand tarbiyasiga nisbatan mas’uliyatini oshirish maqsadida arxitektura va qurilishni boshqarish fakulteti talabalari uchun institut faollar zalida Davlat xavfsizlik xizmati bilan hamkorlikda tayyorlangan “Hujradagi zulmat” nomli maxsus film namoyish etildi.
Filmda keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2017 yil davomida O‘zbekistonda noqonuniy diniy ta’lim berish faoliyati uchun yo‘naltirilgan 33 ta xufyona hujra aniqlangan. 2018 yilning birinchi yarmida esa bu ko‘rsatkich 116 tani tashkil etgan.
Filmning so‘nggi qismida Suriyadagi jangovar harakatlarda qatnashib, so‘ng qo‘lga tushgan O‘zbekistonlik yigitlarning intervyulari, shuningdek, farzandlari Suriyada halok bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan O‘zbekistonlik onalarning ko‘z yoshlariga to‘la chiqishlari ko‘rsatilgan.
Namoyishlar so‘nggida film to‘g‘risida talabalar va professor-o‘qituvchilar o‘z fikrlarini bildirishib, bunday noxush holatlarni oldini olish maqsadida yoshlar o‘rtasida keng targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish kerakligini ta’kidlashdi.
Namoyishlardan so‘ng talabalar ushbu film namoyishini tashkil etganlarga o‘z minnatdorchiligini bildirdilar.