HAYOTINGNI YASHNAT!

O‘zbekiston ekologik partiyasi, Samarqand viloyat hokimligi, Samarqand viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati Kengashi hamda “Ovozi Samarqand” Samarqand viloyat gazetasi tashabbusi bilan 2019 yil 6 oktabr kuni “Hayotingni yashnat” shiori ostida Ekomarafon tashkil etildi.

Marafonga Samarqand viloyat hokim o‘rinbosari Rustam Qobilov boshchiligida start berildi.

Marafon qatnashchilari Viloyat hokimiyati yonida joylashgan “Ko‘ksaroy maydoni”dan Universitet xiyoboni va Xoja Ahror Valiy ko‘chalari orqali Nodir Devonbegi madrasasigacha bo‘lgan masofani bosib o‘tdilar.

Ekomarafondan maqsad, qadim shahrimizni bugungi qiyofasini yashnatib turgan manzarali daraxtlarni asrab-avaylash, yangi ko‘chat va gullarni ekish, ekologik madaniyatni yuksaltirish orqali atrof-muhitni toza saqlash bo‘lib ushbu marafonda mehnat faxriylari, davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari, yuzlab faol yoshlar va keng jamoatchilik vakillari hamda Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining faol yoshlari ham ishtirok etdilar.