Hashar elga yarashar
Ma’lumki joriy yilning 18—19 avgust kunlari O’zbekistonda umumxalq xayriya hashari o’tkazildi.Hasharda xalqimizga xos bag’rikenglik, o’zaro hamjihatlik, umumxalq bayrami oldidan mahallalar, ko’chalar va aholi turar joylarini obodonlashtirish ishlari uyushqoqlik va hamjihatlik bilan amalga oshiriladi.Xalqimiz azal-azaldan birlashib, qo’lini qo’liga berib katta bunyodkorlik ishlarini amalga oshirganlar. Katta Farg’ona kanali, shimoliy Farg’ona kanallari hashar yuli bilan bunyod etilgan.Ota bobolarimiz uy-joy qurish ishlarini ham hashar yuli bilan bajarishib, bir birlariga ko’mak berganlar. Uyushqoqlik, pokizalik va mehr-oqibat ramzi bo’lgan hashar xalqimizning ming yillardan buyon qadrlanib kelinayotgan azaliy udumlaridan biri hisoblanadi. Yurtimizda turli bayramlar, muqaddas sanalar oldidan umumxalq xayriya xasharini o’tkazish va shu orqali hududlarni obodonlashtirish yaxshi an’anaga aylandi.
2018 yil 18-19 avgust kunlari Qurbon hayiti va mamlakatimiz mustaqilligining 27 yillik bayrami munosabati bilan Samarqand davlat arxitektura qurilish institutida ham hashar tashkil etildi.Hasharda institut rahbariyati, professor o’qituvchilar va xodimlar faol ishtirok etdi. Institutning ichki va tashqi hududlarida obodonlashtirish ishlari bilan birgalikda oliygohning auditoriyalari, maxsus labaratoriya xonalari, kafedralar, kutubxona, axborot-resurs markazi tozalanib tartibga keltirildi. Shuningdek, institutning atrofi va hovlisidagi yashil maydon hududlarida bo’y cho’zib turgan daraxtlar oqlandi va qurigan shoxlari kesildi hamda hovlidagi mavjud yo’laklarning eskirgan asfalt qoplamalari o’rniga yangi zamonaviy beton plitkalar yotqizildi.
Muxtasar qilib aytganda Samarqand davlat arxitektura qurilish institutida o’tkazilgan umumxalq xayriya hashari institut rahbariyati, professor-o’qituvchilari, xodimlari orasida ko’tarinki kayfiyat bilan o’tganini alohida ta’kidlash joiz. Zero, hashar hamjihatlik, obodlik va yaratuvchanlik ramzi sifatida shakllangan mehr-oqibat muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Eng ulug’, eng aziz bayram – Mustaqilligimizning 27 yilligi arafasida o’tgan ushbu tadbir xalqimiz yuksak vatanparvarlik tuyg’usi, yaratish va bunyodkorlik zavqi bilan yashayotganini, buyuk kelajak, farovon hayot barpo etishga intilayotganini yana birbor namoyon etdi.
SamDAQI matbuot kotibi