HASHAR – ELGA YARASHAR!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 22 yanvardagi 41-f-sonli farmoyishiga asosan O‘zbekiston ekologik harakati, O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi, O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoatchilik vakillarining 2019 yil 26 yanvar kuni umumxalq ekologik xayriya hasharini o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi.

Shu munosabat bilan 2019 yilning 26 yanvar kuni Respublika bo‘ylab umumxalq ekologik xayriya hashari o‘tkazildi.

Xayriya hashari doirasida Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida ham bir qancha obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Jumladan, binolar ichkarisi chiqindilardan tozalandi, fakultetlar va talabalar turar joylariga tegishli yer maydonlari yumshatish uchun tayyor holga keltirildi, daraxtlar oqlandi, hovlilar tartibga solindi.

Aytib o‘tib joizki, farmoyishga asosan mazkur umumxalq ekologik xayriya hasharidan tushgan mablag‘lar Orol dengizining suvi qurigan maydonlarida himoya o‘rmonlarini barpo etish, mintaqada ekologik holatni va aholi turmush sharoitini yaxshilash, kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish kabi tadbirlarga sarflanishi qayd etilgan.