HAMKORLIK SHARTNOMALARI IMZOLANDI

Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutiga Ozarbayjon arxitektura va qurilish universitetining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Akif Gasimov Fazil tashrif buyurdi.Tashrifdan ko‘zlangan maqsad, ikki oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik ishlarini yo‘lga qo‘yishdan iborat.

Kelajakda Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti o‘quv ishlari prorektori Abduaziz Raximov va Akif Gasimov, ikki oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari va talabalari o‘rtasida o‘quv-uslubiy va ilmiy ishlarni hamkorlikda bajarish bo‘yicha kelishib olindi.Muzokaralar mobaynida Ozarbayjon arxitektura va qurilish universiteti hamda Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti o‘rtasida hamkorlik shartnomasi tuzildi.