HAMKORLIK ISHLARI DAVOM ETMOQDA
Xabaringiz bor hozirgi kunlarda oliy ta’lim muassasalari va maktablar o‘rtasida hamkorlik asosida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
O‘tgan galgi tashrif davomida Samarqand viloyatining Urgut tumanida joylashgan 41 umumiy o‘rta ta’lim maktabida isitish tizimining nosoz ekanligi aniqlangan edi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti xo‘jalik ishlari xodimlaridan ishchi guruhi tuzilib maktabning isitish tizimi o‘rganib chiqildi va uni ishga tushirish uchun qariyb o‘n to‘rt million so‘mlik qurilish materiallari kerakligi aniqlanib tuman hokimligiga taqdim etildi.
SamDAQI Axborot xizmati