hamkorlik doirasida uchrashuv
2021 yilning 28 oktabr kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti “Hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasida Qizil yarim oy va Qizil hoj Xalqaro Federatsiyasi jamiyatining milliy jamoatchilikni rivojlantirish koordinatori Pol Devenport va Oʻzbekiston qizil yarim oy jamiyati Samarqand Viloyati Tashkiloti ijrochi direktori Xaydar Xolov bilan hamkorlik doirasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvdan maqsad talaba va aholi oʻrtasida sogʻlom hayot tarzini targʻibot qilish evaziga xavsizlikni taʼminlash va birinchi yordam koʻrsatish boʻyicha har bir fuqaroni malaka va koʻnikmaga ega boʻlishi amalga oshirish uchun imkoniyat va sharoit yaratishdan iborat. Janob Pol Devenport kafedra qoshida amalga oshirilgan ishlardan qoniqqanini maʼlum qilib, kelajakda kafedra bilan amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish istagida ekanligini bildirdi. Uchrashuv yakunida janob Pol Devenport imkoniyat doirasida kafedra qoshidagi Qizil yarim oy va Qizil hoj burchagi xonasini zamonaviy jihozlar bilan taʼminlash uchun koʻmagini ayamasligini taʼkidlab oʻtdi.
SamDAQI Axborot xizmati