HAMKORLIK DOIRASIDA BIR QATOR KELISHUVLARGA ERISHILDI

#hamkorlik #amaliyot

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-fevraldagi PQ-4198-sonli “Qurilish materiallari sanoatini tubdan takomillashtirish va kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda 2019-yil 23-maydagi PQ-4335-sonli “Qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorlari ijrosi doirasida Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti bilan Xitoy “ANHUI KONCHI SEMENT” kompaniyasining “QARSHI KONCHI SEMENT” IP korxonasi oʻrtasidagi 2019-yil 21-iyundagi shartnomaga asosan 2021-yil 21-may kuni “Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalari texnologiyasi” kafedrasi professor-oʻqituvchilari va sement zavodi rahbariyati bilan hamkorlik uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Hamkorlik doirasida quyidagi masalalar koʻrib chiqildi:

- bitiruvchilarni ish bilan taʼminlash;  
- kafedra filialini sement zavodi hududida tashkil etish; 
- kafedra tomonidan ishlab chiqilgan ilmiy tadqiqot natijalarini sement zavodida ishlab chiqarishiga tadbiq qilish;
- iqtidorli talabalar va yosh olimlarni izlanishlarini sement zavodining zamonaviy jihozlangan laboratoriyasida olib borish.

Kelajakda yuqorida keltirilgan masalalar boʻyicha hamkorlik ishlari amalga oshirilishiga kelishildi. 

Shuningdek, maʼlumot uchun bu yilgi bitiruvchilarni sement zavodiga ishga qabul qilish tanlovi 2021-yil iyul-avgust oylarida boʻlib oʻtishi belgilandi.

  

  


SamDAQI Axborot xizmati