Chet el grantlari bo’yicha bajarilgan ishlar
Hisobot yilida institutning xalqaro ilmiy aloqalarni rivojlantirish va chet el grantlari doirasida bajariladigan ishlar samaradorligini oshirish bo’yicha istiqbolli rejasiga muvofiq, bir qator yutuqlar qo’lga kiritildi..
Institutda xorijiy mamlakatlarning nufuzli oliy o’quv yurtlari bilan aloqalar o’rnatilgan bo’lib, ular orasida, xalqaro Uppsala universiteti (Shvesiya), Latviya universiteti (Latviya), Kaunas texnologiya universiteti (Litva), Varshava tabiiy fanlar universiteti (Polsha), Keyo universiteti, (Yaponiya); Kunmin universiteti (Xitoy); Karlshtadt Texnika Universiteti, (Shvesiya); Moskva Davlat qurilish universiteti, (Rossiya); Volgograd Davlat Bosh Arxitektura – Qurilish Akademiyasi, (Rossiya); Moskva kommunal xo’jaligi va qurilishi instituti, (Rossiya); Qrim industrial – pedagogika instituti, (Ukraina); Baku Davlat me’morlik universiteti, (Azerbayjan); Kozog’iston Davlat arxitektura qurilish akademiyasi, (Alma-Ata); bilan bir nechta ilmiy seminar va konferensiyalar o’tkazildi. Rossiya Federasiyasining Moskva davlat qurilish universiteti, Xabarovsk Tinch Okeani Universiteti, Qozon davlat arxitektura-qurilish universiteti, Qozog’iston Xalqlar do’stligi universiteti, Qozog’iston Bosh arxitektura-qurilish Akademiyasi, Malayziyaning Perlis Universiteti, Koreyaning Kemyong universiteti, Xongik universiteti, Xitoy Xalq Respublikasining Harbin muhandislik universiteti, Italiyaning Sansone (Sansone srl) kompaniyasi, Germaniyaning “KNAUF” kompaniyasi va BMTning YuNESKO tashkiloti bilan shartnomalar asosida ishlar olib borildi.
Institutning ilmiy pedagogik jamoasi tomonidan xorijiy grantlar doirasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi: Tempus dasturining 530666-TEMPUS-1-2012-1-LT-TEMPUS-JPCR UZWATER: “O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimida magistrlar uchun atrof muhit muhofazasi va barqaror rivojlanishning suv resurlarini boshqarish va ulardan samarali foydalanish magistrlik dasturini ishlab chiqish” loyihasi doirasida Yevropa Ittifoqidan Shvesiyaning Upsala universiteti, Qirollik Texnologiya instituti, Orol Dengizi jamiyati, Polshaning Varshava Universiteti, Litvaning Kaunas Texnologiya Universitetlari va O’zbekistonning 8 ta OTMlari hamkorligida ish olib borildi. (Loyiha umumiy qiymati 894 580,12 yevro). Mazkur qo’shma loyiha doirasida institut professor-o’qituvchilari tomonidan 10 dan ortiq xorijiy stajirovkalar amalga oshirilgan bo’lib, ushbu xorijiy stajirovkaga qo’shma loyiha hisobidan 41005000 so’m mablag’ sarflandi. Shuningdek institutda magistrlar uchun TEMPUS – UZWATER milliy o’quv markazi tashkil etildi. Mazkur o’quv markazi qo’shma loyiha byudjeti hsobidan jami qiymati 31 875 yevro bo’lgan Italiyaning Didakta kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Suvni tozalash va tarkibini tahlil qilish uchun mo’ljallangan labaratoriya jihozi (26 695 yevro) va multimediya (5 180 yevro)jihozlari bilan ta’minlandi.
Institutning “Geotexnika va avtomobil yo’llari” kafedrasi Yevropa Ittifoqi va O’zbekiston OTMlari bilan hamkorlikda Tyempus dasturining HJGHVEC 544061-TEMPUS-1-UK-TEMPUS-JPCR “Avtomagistrallar qurilishi va transport mashinasozligi bo’yicha magistrlik o’quv dasturlarini ishlab chiqish” loyihasi tanlovida qatnashdi va g’olib bo’ldi. (Loyiha umumiy qiymati 838 996,69) Ushbu grant loyihasi doirasida institutda O’zbekistonlik hamkor OTMlar koordinatorlarining dastlabki seminari bo’lib o’tdi. Seminarda dasturning maqsad va vazifalari muhokama qilinib, ishchi rejalari ishlab chiqildiShvesiyaning Liney-Palme (Linnaeus-Palme) dasturi bo’yicha
Institutda Yevropa, Amerika va Osiyo davlatlarining 12 ta nufuzli universitetlari bilan xalqaro hamkorlik shartnomasiga asosan aloqa o’rnatilgan.
O’tgan o’quv yilida institutdan 4 nafar professor-o’qituvchilar xorij universitetlarida bo’lib qaytishdilar.