“Yangi asr iste’dodlari — 2021” ko‘rik tanlovida g‘olib va sovrindorlar taqdirlandilar
Xabaringiz bor SamDAQI kichik faollar zalida joriy yilning 7 sentabr kuni tashkliliy masalaga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edik.
Yig‘ilishdan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tomonidan joriy yilning may oyida o‘tkazilgan “Yangi asr iste’dodlari — 2021” ko‘rik tanlovida g‘olib va sovrindorlarning taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda SamDAQIdan 15 nafar iste’dodli yoshlari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritdilar:
“Eng yaxshi tasviriy san’at va amaliy san’at asari” bo‘yicha Nasiba Aliyeva 3-o‘rinni;
“Eng yaxshi arxitekturaviy innovatsion loyiha va maket” bo‘yicha Shaxriyor Rahimov 2-o‘rinni;
“Eng yaxshi me’moriy ta’mirlash qayta tiklash va kompozitsion loyiha” bo‘yicha Orifjon Jo‘rayev 2-o‘rinni va Nozim Yoqubov 3-o‘rinni;
“Eng yaxshi landshaft va interyer dizayni” bo‘yicha Gulshan Qaxorova 1-o‘rinni va Yulduz Sadinova 3-o‘rinni;
“Eng yaxshi innovatsion muhandislik-kommunikatsiya loyihalari va ishlanmalari” bo‘yicha Hosiyatbonu Mahmudova 2-o‘rinni va Sobir Bahronov 3-o‘rinni;
“Eng yaxshi innovatsion qurilish materiallari va texnologiyalari” bo‘yicha Norigul Qurolova 1-o‘rinni va Ismoilxon Xo‘razov 2-o‘rinni hamda Javlonbek Avazov 3-o‘rinni;
“Eng yaxshi innovatsion biznes loyiha” bo‘yicha Diyora Sherzodova 1-o‘rinni va Ozodbek Abduakimov 3-o‘rinni;
“Eng yaxshi zilzilabardosh binolar va konstruksiyalar” bo‘yicha Siroj Qalandarov 1-o‘rinni;
“Eng yaxshi innovatsion energosamarador loyihalar va ishlanmalar” bo‘yicha Bobur Matyoqubov 1-o‘rinni egalladilar.
Taqdirlar marosimida O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirining o‘rinbosari O‘ktam To‘rayev hamda Ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i A’zamiddin Quldoshev g‘oliblarni qimmatbaho va esdalik sovg‘alar hamda diplomlar bilan taqdirladilar.
SamDAQI Axborot xizmati