Germaniya federativ respublikasi Veymar “Bauhaus” universiteti bilan anglashuv memorandumi imzolandi

Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti rahbariyatining Germaniya federativ respublikasiga 2018 yil 12 sentyabrdan 14 sentyabrgacha xizmat safari bo‘lib o‘tdi. Unda Germaniya federativ respublikasi Veymar “Bauhaus” universiteti va Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti professor–o‘qituvchilari o‘rtasida arxitektura, shaharsozlik va qurilish sohalarida o‘tkaziladigan ko‘rgazmalar hamda konferentsiyalar va shu bilan birga seminar-treninglar, o‘quv kurslari, master-klasslar va ilmiy tadqiqodlar o‘tkazish, malaka oshirish shuningdek stajirovka va talabalar almashinuvi dasturlarini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish borasida kelishuvlarga erishish maqsadida ikki oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolanib, o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. 

Bundan tashqari Veymar shahrida o‘tkazilgan 20-Xalqaro qurilish materiallari konferentsiyasi (https://www.uni-weimar.de/en/civil-engineering/institute/fib/ibausil/)da Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti rektori Axmedov Sultan Ilyasovich, institut “Qurilish materiallari, buyumlari va konstruktsiyalarini ishlab chiqarish” kafedrasi dotsenti, ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi mudiri dotsent Sultanov Amindjon Axadovichlar ishtirok etishdi va ma’ruzalar qilishdi.

 Konferentsiya davomida boshqa rivojlangan davlatlardan kelgan konferentsiya qatnashchilari bilan muzokaralar olib borish va birgalikda yangi loyihalar yaratish, “Qurilish materiallari” fani bo‘yicha Germaniyada ishlab chiqarilayotgan tadqiqotlash asbob-uskunalari xaqida ma’lumotlar, prospektlarni olib kelish kabi vazifalar bajarildi.
O‘quv-uslubiy bo‘lim, Institut matbuot kotibi